Grigoriy Kolosovskiy
Grigoriy Anatolyevich Kolosovskiy — oʻzbek futbolchisi, hujumchi va murabbiy. 2016-yilning may oyi oxiridan 2017-yilning apreligacha Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kolosovskiy Grigoriy Anatoliyevich | ||
Tavallud sanasi | 1971-yil 28-iyun | ||
Tavallud joyi | UZB, Toshkent | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1990 | Chirchiq | 4 | (0) |
1990 | Sverdlovets | 1 | (0) |
1992 | Yangiyer | 11 | (0) |
1992 | Traktor (Toshkent) | 9 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2012 | Paxtakor-2 (Yordamchi murabbiy) | ||
2013-2016 | Paxtakor (Yordamchi murabbiy) | ||
2016-2017 | Paxtakor | ||
2018 | Spartak (Yurmala) (Yordamchi murabbiy) | ||
2019 | Lokomotiv (Yordamchi murabbiy) | ||
2020 | Changchun Yatai F.C. (Yordamchi murabbiy) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati tahrir
SSSR chempionatining turli ligalarida qatnashgan. Oʻzbekiston SSR klublarida oʻynagan. Mustaqil Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida „Yangiyer“ va „Traktor“ jamoalarida oliy ligada toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyati tahrir
Kolosovskiy futbolchilik faoliyatini yakunlagach Toshkentning „Paxtakor“ tizimida murabbiylik faoliyatini boshlaydi. U yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2013-yildan buyon asosiy jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. 2016-yil boshida bir muddat „Paxtakor“ bosh murabbiyi vazifasini bajargan. 2016-yil may oyi oxirida „Paxtakor“ oʻz maydonida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, Toshkent klubi bosh murabbiyi Noʻmon Hasanov bosh murabbiylikdan ozod etiladi va uning oʻrniga vaqtincha Kolosovskiy tayinlanadi. Keyinchalik Kolosovskiy klub bosh murabbiyi etib saylanadi.[1]
Manbalar tahrir
- ↑ „"Navbahor" murabbiylar shtabiga uch nafar yangi mutaxassis qo'shildi“. 2024-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-mart.