Grigoriy taqvimi
Grigoriy taqvimi (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yulian taqvimi (eski uslub) oʻrniga 1582-yilda joriy etilgan taqvim. Perudjiy universiteti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576-yilda taklif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yulian taqvimida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21 martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400 yilda kabisa yil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. Grigoriy taqvimiga koʻra oxirgi 2 raqami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, masalan, 1700-, 1800-, 1900- va 2100-yillar oddiy yil, 1600-, 2000-, 2400- va 2800-yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365, 242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 soniya ortib boradi va sal kam 3300-yilda 1 kun xato qilinadi. Grigoriy taqvimining birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sovet Ittifoqiga (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Grigoriy taqvimi 1918-yil 14-fevraldan (eski uslubda 1-fevraldan) boshlab qabul qilingan.
Taqvim oylari
tahrirTartib raqami | Nomlanishi | Kunlar |
---|---|---|
1 | Yanvar | 31 |
2 | Fevral | 28 yoki 29 |
3 | Mart | 31 |
4 | Aprel | 30 |
5 | May | 31 |
6 | Iyun | 30 |
7 | Iyul | 31 |
8 | Avgust | 31 |
9 | Sentabr | 30 |
10 | Oktabr | 31 |
11 | Noyabr | 30 |
12 | Dekabr | 31 |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentyabr | Oktyabr | Noyabr | Dekabr |