Grischa Prömel (talaffuzi: Grisha Premel; 1995-yil 9-yanvarda Germaniyaning Shtutgart shtatida tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Hoffenheim“ futbol klubi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Grischa Prömel
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 9-yanvar 1995-yil (1995-01-09) (29 yosh)
Tavallud joyi Stuttgart, Germaniya
Boʻyi 1.80 m[1]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1899 Hoffenheim
Raqami 6
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2012—2013 Stuttgarter Kickers
2013—2014 1899 Hoffenheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 1899 Hoffenheim II 24 (5)
2015—2017 Karlsruher SC 44 (2)
2017—2022 Union Berlin 123 (19)
2022— 1899 Hoffenheim 7 (1)
Milliy terma jamoa
2016 Germaniya Olimpiya 4 (0)
2016 Germaniya U21 3 (1)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 11-oktyabr uchun)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Grischa Prömel „Stuttgarter Kickers“ va „Hoffenheim“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yilda u klubning zaxira jamoasida oʻynay boshlagan. 2015-yilning yozida Grischa Prömel oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi uchun jamoani tark etgan va „Karlsruhe“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 14-avgust kuni „Frankfurt“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ikkinchi Bundesligada debyut qilgan[2]. 24-oktyabr kuni „Kaiserslautern“ futbol klubiga qarshi bahsda Grischa Prömel „Karlsruhe“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan[3].

Prömel 2017—2018-yilgi mavsumda „Union Berlin“ futbol klubiga o'tgan. 2018—2019-yilgi mavsumda Prömel „Union Berlin“ futbol klubi safida markaziy yarim himoyachi sifatida toʻp surgan. Jumladan, u 29 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan.

2022-yilning 21-fevralida u „Union“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

2015-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Grischa Prömel Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Fiji, Oʻzbekiston, Gonduras, Nigeriya va Mali terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5][6][7][8][9].

2016-yilda Germaniya Olimpiya terma jamoasi tarkibida Grischa Prömel Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlgan. Turnirda u Fiji, Portugaliya, Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[10][11][12][13].

Jamoalari tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
TSG 1899 Hoffenheim II   Germaniya 2014—2015
Karlsruher S. C. 2015—2017
1. F. C. Union Berlin 2017—2022
TSG 1899 Hoffenheim 2022—

Manbalar tahrir

  1. „Grischa Prömel“. TSG 1899 Hoffenheim. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  2. „Франкфурт VS. Карлсруэ 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-avgust). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  3. „Карлсруэ VS. Кайзерслаутерн 2:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 24-oktyabr). 2016-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  4. „Prömel kehrt zur TSG zurück.“ (de). tsg-hoffenheim.de. 2022-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-may.
  5. „Германия (до 20) VS. Фиджи (до 20) 8:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 1-iyun). 2016-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  6. „Германия (до 20) VS. Узбекистан (до 20) 3:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 4-iyun). 2016-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  7. „Гондурас (до 20) VS. Германия (до 20) 1:5“ (ru). soccerway.com (2015-yil 7-iyun). 2016-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  8. „Германия (до 20) VS. Нигерия (до 20) 1:0“ (ru). soccerway.com (2015-yil 11-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  9. „Мали (до 20) VS. Германия (до 20) 1:1“ (ru). soccerway.com (2015-yil 14-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-avgust.
  10. „Германия (до 23) VS. Фиджи (до 23) 10:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 10-avgust). 2016-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
  11. „Португалия (до 23) VS. Германия (до 23) 0:4“ (en). soccerway.com (2016-yil 13-avgust). 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
  12. „Нигерия (до 23) VS. Германия (до 23) 0:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-avgust). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.
  13. „Бразилия (до 23) VS. Германия (до 23) 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 20-avgust). 2016-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.