Gruziya fanlar akademiyasi (gruzincha: საქართველოს მეცნიერებათა ეროვნული აკადემია) – Gruziyaning oliy ilmiy muassasasi. 1941-yil sobiq SSSR Fanlar akademiyasi Gruziya filiali va Tbilisi universiteti huzuridagi bir qancha ilmiy tadqiqot muassasalari negizida tashkil etilgan. Tbilisi shahrida joylashgan. 1998-yil akademiya tizimida 9 boʻlim, 50 dan ortiq ilmiy tadqiqot muassasa, 5346 ilmiy xodim ishladi. Akademiya „Gruziya fanlar akademiyasi xabarlari“ (1941-yildan), „Matsne“ („Axborotnoma“, 1960-yildan, Ijtimoiy fanlar boʻlimi organi) va „Mesniyeraba da texnika“ („Fan va texnika“, 1949-yildan) ilmiy jurnallari, monografiya, fanning turli sohalari boʻyicha ilmiy asarlar nashr etadi. Akademiya prezidenti – Roin Metreveli (2023-yildan).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.