"Gruziya umidi" (gruzincha: საქართველოს იმედი) — pravoslav ikona. Tbilisidagi Tsminda Sameba soborida joylashgan.

Tarixi

tahrir

"Gruziya umidi" ikonasini yasash gʻoyasi Butun Gruziya katolikos-patriarxi Ilya II’ga tegishli. Ushbu ikona faqat ibodatga keluvchilarning xayr-ehsonlari evaziga yasalib, mablagʻ uch yil davomida yigʻilgan[1].

Ikona ustida Beka Vardukadze, David Tevdorashvili, Zaza Sagiani va Viktor Todualar ishlagan. Ularga diyakon Yakov Abashidze[1] rahbarlik qilgan.

Ushbu ikonani yasash uchun 30 kg oltin sarflangan. Shunga koʻra, uning moddiy qiymati 27 million AQSh dollarini tashkil etadi[2].

2011-yil dekabr oyida ikonani Patriarxlikdan ibodat marosimlari oʻtkazish orqali Avliyo Bibi Maryam Sion cherkoviga olib kelindi, u yerda kichik paraklis xizmati oʻtkazildi va keyin tantanali ravishda Tsminda Sameba soboriga kiritildi. Ushbu tadbir Ilya II taxtga oʻtirganining oʻttiz toʻrt yilligiga toʻgʻri keldi. Ikona qutisi soborga bir hafta oldin yetkazib berilgandi[3][4].

Tavsifi

tahrir

3 metrga 3 metr oʻlchamdagi ikona minankari (kloisonné emal) uslubida yasalgan va oltin hamda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Unda nasroniylik dinining 432 avliyosi[2][5] tasvirlangan. Yuqori tomonda Muqaddas Uch Birlik tasviri, markazda Bokira Maryam qizning tasviri, uning har ikki tomonida bosh farishtalar Mikoil va Jabroil aks etgan. Ikonaning oʻng tomonida birinchi chorlangan Saint-Endryu va aziz Jorj tasviri, chapda esa — aziz Nikolay va Nina koʻzga tashlanad. Shuningdek, ikonada jafokashlar, ruhoniylar va boshqa azizlar, xususan, Quruvchi shoh Dovud IV va avliyo Shio Mgvimskiy tasvirlari mavjud[6][7].

Iliya II'ga ko'ra, ikona mo''jizaviy xususiyatlarga ega[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „В Тбилиси прошло торжественное молитвенное шествие с новосозданной иконой «Надежда Грузии»“ (ru). Православие.ru (2011-yil 27-dekabr).
  2. 2,0 2,1 „Надежда Грузии“ (ru). Вятская и Слободская епархия (2018-yil 16-noyabr).
  3. „Икона «Надежда Грузии» доставлена в Кафедральный собор Пресвятой Троицы“ (ru). Грузинформ — грузинское информационное агентство (26.12 2011).
  4. „В Тбилиси представили икону "Надежда Грузии"“ (ru). Sputnik Georgia (2011-yil 25-dekabr).
  5. „Центральный кафедральный собор Самеба“ (ru). INGEO Group. 2020-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
  6. 6,0 6,1 „Икона ʻНадежда Грузии’“ (ru). Международный благотворительный фонд Католикоса-Патриарха Всея Грузии Илии II-го (2011-yil 24-dekabr). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
  7. „Цминда Самеба и икона грузинского православия“ (ru). Радио Вера.