Bosh menuni ochish

Guano Apesalternative rock stilida ijod qiluvchi kvartet. Guruh 1994-yili Göttingenda tashkil topgan.

Guano Apes
Kelib chiqishiGöttingen
MamlakatGermaniya
Faoliyat19942005
Janralternative rock
LeyblGUN/Supersonic Records
TarkibDennis Poschwatta
Henning Rümenapp
Sandra Nasić
Stefan Ude
Veb-sahifawww.guanoapes.org

TarixTahrirlash

1994 - 2005Tahrirlash

Guano Apes 1994-yili Germaniyaning Göttingen shahrida, gitarachi Henning Rümenapp, baschi Stefan Ude va barabanchi Dennis Poschwatta tomonidan tashkil topdi. Keyinroq, shu yilning oʻzida guruhga vokalchi Sandra Nasić qoʻshiladi. Guruhning karyerasi 1996-yilda "Open Your Eyes" qoʻshigʻi bilan mahalliy guruhlar tortishuvida gʻalaba qozonganlaridan boshlandi. Qoʻshiq ularning birinchi va eng muvaffaqiyatli singli boʻladi va 1997-yili debyut albomi Proud Like a Goddan keyin chiqariladi. Shuningdek, "Open Your Eyes" Warren Millerning filmi "Ellik" (1999)da ishlatiladi.

2000-yilda Guano Apes oʻzligining ikkinchi albomi - Don't Give Me Namesni chiqarishadi. "Big in Japan" (Alphaville'ga kaver) va "No Speech" singllari efirda juda koʻp qoʻyiladi va albom Germaniyada oltinlik unvoniga erishadi. Walking on a Thin Line 2003-yilda relizlanadi va "Quietly" hit-singlini dunyoga keltiradi. Guruh eng yaxshi qoʻshiqlari terilgan Planet of the Apes albomining relizi va 2005-yilning fevralida tugagan yakuniy turidan soʻng tarqalib ketadi.

Guano Apes'dan soʻngTahrirlash

Guruh parchalanib ketganidan keyin, Lost (T)apes albomi relizlanadi. Bu albom 1994-1995-yillarda yozilgan ammo keng ommaga taqdim etilmagan demo yozuvlarni oʻz ichiga olardi.

Dennis Poschwatta yangi guruh - Tamotoda gitara chaladi va vokalda turadi. Stefan Ude ham Tamoto'ning debyut albomining yozilishida ishtirok etadi. Henning Rümenapp koʻproq 'sahna ortida' ishlamoqda. Sandra Nasic yakkahon albom ustida ishlamoqda.

Guruh ishtirokchilariTahrirlash

DiskografiyaTahrirlash

AlbomlarTahrirlash

Fayl:88007551.jpg
Guano Apes — Live
Fayl:06055168 b003.jpg
Planet Of The Apes

SingllarTahrirlash

MukofotlarTahrirlash

  • Proud Like A God uchun "Kometa
  • Proud Like A God va Don't Give Me Names uchun ECHO
  • MTV Music Award (2001)
  • Guano Apes eng yaxshi guruh va Sandra Nasić eng yaxshi qoʻshiqchi deb topilganligi uchun "Eins Live Krone"

HavolalarTahrirlash