Guarani — 1) tupi-guarani guruhiga mansub indeys xalqlarining janubiy tarmogʻi. 2) Paragvaydagi indeys xalqlaridan biri. 30 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Guaranilar hozirgi paragvayliklarning shakllanishida qatnashmoqdalar. Guarani tilida soʻzlashadilar. Dindorlari katoliklar.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil