Gudron
Gudron (fransuzcha: goudron) — qora smola. Neftni atmosfera bosimi va vakuum ostida haydash paytida 450—600° oraligʻida qaynab chiqadigan fraksiya qoldigʻi. Gudron neftning tabiatiga qarab uning massasining 10—45% igacha hosil boʻladi. Gudron qovushqoq suyuklik yoki qattiq asfaltsimon yaltiroq mahsulotdir. Tarkibida parafin, naften katori va aromatik uglevodorodlar (45—95%), asfaltenlar (3—17%), shuningdek, deasfaltlangan mahsulotlardan silikagelda adsorbsiyalanadigan neft smolalari (2—38%) boʻladi. Gudronning zlementar tarkibi (massasiga nisbatan % hisobida): 85—87 S, 9,3— 11,8 N, 0,2-6,3 S, 0,2-0,7 N, 0,08-1,25 O. Bundan tashqari, gudronda neft tarkibida mavjud boʻlgan barcha metallar konsentrlanadi; unda vanadiyning miqdori 0,046% ga, nikel esa 0,014% gacha yetishi mumkin. Neftning tabiati va undan gazoyl franksiyalarini ajratib olish darajasiga qarab gudronning zichligi 950–1030 kg/m3 ga, kokslanishi 8—26% gacha (massa jihatidan), qotish temperaturasi 12—55° gacha, oʻz-oʻzidan yonish temperaturasi 29 dan 350° gacha boʻladi. Gudron yoʻl qurilishi materiali sifatida yoʻlkalar va qurilish bitumlari, oz miqdorda kul hosil qiluvchi kokslar, surkov moylari, yoqilgʻi gazlar va motor yonilgʻilari ishlab chiqarishda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |