Gudzon boʻgʻozi
Gudzon boʻgʻozi — Labrador yarim orol bilan Baffin Yeri oraligʻidagi boʻgʻoz. Gudzon qoʻltigʻini Atlantika okeani bilan qoʻshib turadi. Uzunligi 806 km ga yaqin, kengligi 115—407 km. Chuq. 200 m dan 988 m gacha. Bir yilda 8 oy davom etadigan qor boʻronlari, tuman va suzib yuruvchi juda koʻp muz boʻlaklari kema qatnovini qiyinlashtiradi. Dengiz hayvonlari ovlanadi. Boʻgʻoz G. Gudzon nomiga qoʻyilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |