Gudzon qoʻltigʻi - Shim. Muz okeanining quruqlik ichkarisidagi dengizi, Kanada hududida. Sharqda Gudzon boʻgʻozi orqali Atlantika okeani b-n, shim.da boʻgʻozlar orqali Shim. Muz okeani bilan tutashgan. Mayd. 848 ming km2. Oʻrtacha chuq. 112 m, eng chuqur joyi 258 m. Xavoning oʻrtacha temperaturasi yanvarda —22° dan —31° gacha, iyulda 5° dan 15° gacha; suv oktabrdan iyulgacha muzlaydi. Shoʻrligi 23,0—30,5%". Suv har yarim sutkada 7,9 m ga koʻtarilib-pasayib turadi. Baliq va tyulen ovlanadi. Asosiy portlari: Cherchill, Port-Nelson. G.q.ni ingliz dengizchi sayyohi G. Gudzon 1610 yilda kashf qilgan va uning nomi bilan atalgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil