Guillermo Matías „Pol“ Fernández (talaffuzi: Gilermo Matias Pol Fernandes; 1991-yil 11-oktyabrda Argentinaning Santa-Fe shahrida tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, „Boca Juniors“ futbol klubida yarim himoyachi hisoblanadi.

Guillermo Fernández
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guillermo Matías Fernández
Tavallud sanasi 11-oktyabr 1991-yil (1991-10-11) (32 yosh)
Tavallud joyi Granadero Baigorria, Santa Fe, Argentina
Boʻyi 1.76 m[1]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Boca Juniors
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Boca Juniors
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2015 Boca Juniors 43 (3)
2013Rosario Central (ijara) 5 (0)
2014Atlético de Rafaela (ijara) 21 (4)
2015—2018 Godoy Cruz 71 (7)
2018—2019 Racing Club 23 (3)
2019—2022 Cruz Azul 46 (3)
2020Boca Juniors (ijara) 8 (1)
2022- Boca Juniors 23 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-iyul uchun)

Biografiyasi tahrir

Guillermo Matías „Pol“ Fernández „Boca Juniors“ tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2012-yilning 1-martida asosiy jamoada debyut qilgan. Argentina kubogi 1/16 finali doirasidagi oʻyinda „Boca Juniors“ futbol klubi „Central Cordoba“ (Rosario) jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi. Fernandes asosiy tarkibda maydonga tushdi va oʻyinning boshidan oxiriga qadar maydonda toʻp surdi[2]. Qura natijasiga koʻra uning jamoasi kubok sohibiga aylanishdi.

Argentina chempionatida yarim himoyachi birinchi marta oʻsha yilning 19-martida San-Xuandagi „San Martin“ futbol klubiga qarshi safar oʻyinida zaxiradan maydonga tushdi. Bu oʻyinda „Boca Juniors“ jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.

2012—2013-yilgi mavsumda Fernandes Genuyaliklarning asosiy jamoasida muntazam toʻp surgan, ammo keyinchalik, 2013—2016-yillarda u boshqa Primyer liga jamoalariga — „Rosario Central“, „Atletico Rafael“ va „Godoy Cruz“ futbol jamoalariga ijaraga berilgan. 2016-yilda „Godoy Cruz“ Fernandesning shartnomasini „Boca Juniors“ futbol klubidan sotib oldi va Guillermo Matías „Pol“ Fernández „Mendoza“ klubining toʻlaqonli futbolchisiga aylangan[3].

2018—19-yilgi mavsumda Guillermo Matías „Pol“ Fernández Argentina chempionatida „Racing“ jamoasi safida maydonga tushib, jamoasining oʻyinda gʻalaba qozonishga yordam bergan. Ushbu gʻalabadan keyin Guillermo Matías „Pol“ Fernández meksikaning „Cruz Azul“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi[4]. Apertura 2019 ligasida „sementchilar“ safida oʻynaganidan soʻng, Fernandes oʻzining sobiq klubi „Boca Juniors“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi va u 2019—2020-yilgi mavsumning soʻnggi turlarida liga chempionligini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Chempionat yakunlanganidan soʻng Argentinada COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan Superliga kubogi boshlandi. 2021-yilda argentinalik futbolchi Meksikaga qaytib keldi va u „Cruz Azul“ futbol klubiga 2021-yilgi mamlakat chempionatida gʻalaba qozonishiga hamda Chempionlar kubogini yutishiga yordam berdi[5].

2022-yil yanvar oyida Guillermo Matías „Pol“ Fernández yana „Boca Juniors“ futbol klubiga qaytdi[6].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Kubok(1) Xalqaro(2) Jami(3)
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Boca Juniors  Argentina 2011—2012 5 0 1 3 0 1 - - - 8 0 2
2012—2013 20 1 3 1 0 0 3 1 0 24 2 3
2019—2020 7 1 1 1 0 0 6 0 0 14 1 1
2020 0 0 0 1 0 0 0 0 0 1 0 0
2022 23 2 1 19 1 2 7 0 0 49 3 3
Jami 55 4 6 25 1 3 16 1 0 96 6 9
Rosario Central  Argentina 2013—2014 7 0 0 - - - - - - 7 0 0
Jami 7 0 0 0 0 0 0 0 0 7 0 0
Atlético de Rafaela  Argentina 2014 17 3 0 4 0 0 - - - 21 3 0
2015 7 1 0 1 0 0 - - - 8 1 0
Jami 24 4 0 5 0 0 0 0 0 29 4 0
Godoy Cruz  Argentina 2015 10 0 2 - - - - - - 10 0 2
2016 16 2 0 - - - - - - 16 2 0
2016—2017 21 2 1 2 0 0 5 1 1 28 3 2
2017—2018 24 3 2 3 0 5 - - - 27 3 7
Jami 71 7 5 5 0 5 5 1 1 81 8 11
Racing Club  Argentina 2018—2019 23 3 3 4 0 1 4 0 0 31 3 4
Jami 23 3 3 4 0 1 4 0 0 31 3 4
Cruz Azul  Meksika 2019—2020 12 0 1 1 0 0 2 0 0 15 0 1
2020—2021 19 3 0 1 0 0 6 0 1 26 3 1
2021—2022 15 0 1 - - - 1 0 0 16 0 1
Jami 46 3 2 2 0 0 9 0 1 57 3 3
Umumiy karyerasida 226 21 16 41 1 9 34 2 2 301 24 27

Manbalar tahrir

  1. „Guillermo Fernández“ (ispancha). Boca Juniors. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
  2. „Boca Juniors vs. Central Córdoba - 1 March 2012“ (inglizcha). soccerway.com (1-mart 2012-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  3. „Godoy Cruz - Tiempo de negociaciones“ (ispancha). universofutbol.com.ar (4-iyun 2016-yil). 29-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  4. „Pol Fernández: «Me voy de un club grande donde fui feliz»“ (ispancha). TyC Sports (12-iyun 2019-yil). 16-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  5. José David López Orozco. „Pol Fernández, el jugador que se ganó en la cancha un lugar en la historia de Cruz Azul“ (ispancha). 90min.com (6-iyul 2021-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.
  6. Antonio Vázquez. „Mercado de pases de Boca: todo sobre la vuelta de Pol Fernández“ (ispancha). goal.com (30-yanvar 2022-yil). 5-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2022-yil.