Guillermo Federico Molins Palmeiro (talaffuzi: Gilermo Federiko Molins Palmeyro; 1988-yil 26-sentyabrda Urugvayda tugʻilgan) — Shvetsiyalik futbolchi, „Rusenborg“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Guillermo Molins
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Guillermo Federico Molins Palmeiro
Tavallud sanasi 26-sentyabr 1988-yil (1988-09-26) (35 yosh)
Tavallud joyi Montevideo, Uruguay
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sarpsborg 08
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—2001 Kävlinge GIF
2002 Landskrona BoIS
2003—2004 Stora Harrie IF
2005 Kävlinge GIF
2005—2006 Malmö FF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2011 Malmö FF 106 (15)
2011—2013 Anderlecht 7 (0)
2013 → Betis (ijara) 4 (0)
2013—2016 Malmö FF 37 (19)
2016 Beijing Renhe 14 (0)
2017—2018 Panathinaikos 25 (6)
2018—2020 Malmö FF 35 (7)
2020 Sarpsborg 08 5 (0)
2021 Rosenborg 10 (2)
2021— Sarpsborg 08 30 (6)
Milliy terma jamoa
2007 Shvetsiya U19 4 (1)
2008—2010 Shvetsiya U21 23 (2)
2010—2014 Shvetsiya 6 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Guillermo Molins „Malmö“ futbol klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2008-yilda „Allsvenskan“ jamoasida debyut qilgan. 10-aprel kuni Guillermo Molins oʻzining ilk golini „Elfsborg“ darvozasiga kiritgan[1]. 2010- yilda Guillermo Molins „Malmö“ futbol klubiga Shvetsiya chempionatida gʻalaba qozonishga yordam bergan. 2011-yilda u Belgiyaning „Anderlecht“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. 18-mart kuni „Sint-Truiden“ futbol klubiga qarshi bahsda Guillermo Molins Jupil ligasida debyut qilgan[2]. „Anderlecht“ tarkibida Guillermo Molins ikki marta Belgiya chempioni boʻlgan, lekin ikki yil ichida Guillermo Molins bor-yoʻgʻi yettita oʻyinda qatnashgan. 2013-yilda Guillermo Molins Ispaniyaning „Betis“ jamoasiga ijaraga berilgan[3]. 27-yanvar kuni u La Ligada „Rayo Vallecan“o futbol klubiga qarshi debyut qilgan[4].

2016-yilning yozida Guillermo Molins Xitoyning „Guychjou Renxe“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yil boshida Guillermo Molins „Panathinaikos“ futbol klubiga oʻtgan[5]. 11-mart kuni „Iraklis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Guillermo Molins Gretsiya Superligasida debyut qilgan[6]. 23-aprel kuni poytaxtning „Atrómitos“ klubiga qarshi kechgan bahsda Guillermo Molins ilk golini urgan[7]. 2018-yilda Guillermo Molins yana „Malmö“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati tahrir

2010-yil 20-yanvarda Guillermo Molins Shvetsiya terma jamoasida Ummonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan[8]. 2014-yilning 21-yanvarida Guillermo Molins terma jamoadagi ilk golini Islandiyaga qarshi o‘yinda kiritgan[9].

Statistikasi tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum
Malmö FF   Shvetsiya 2006—2011
R. S. C. Anderlecht   Belgiya 2011—2013
Real Betis Balompié (ijara)   Ispaniya 2013
Malmö FF   Shvetsiya 2013—2016
Beijing Renhe   Xitoy 2016
Panathinaikos F. C.   Gretsiya 2017—2018
Malmö FF   Shvetsiya 2018—2020
Sarpsborg 08 FF   Norvegiya 2020
Rosenborg Ballklub   Norvegiya 2021
Sarpsborg 08 FF   Norvegiya 2022

Manbalar tahrir

  1. „Мальмё VS. Эльфсборг 1:1“ (en). soccerway.com (2008-yil 10-aprel). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  2. „Сент-Трюёден VS. Андерлехт 2:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 18-mart). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  3. „«Бетис» взял в аренду хавбека «Андерлехта»“ (ru). soccerway.com (2013-yil 19-yanvar). 2019-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  4. „Райо Вальекано VS. Бетис 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 27-yanvar). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  5. „Гильермо Молинс продолжит карьеру в «Панатинаикосе»“ (en). sports.ru (2017-yil 9-fevral). 2018-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  6. „Ираклис VS. Панатинаикос 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 11-mart). 2017-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  7. „Панатинаикос VS. Атромитос Афины 1:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-aprel). 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
  8. „Оман VS. Швеция 0:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 20-yanvar). 2014-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  9. „Исландия VS. Швеция 0:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 21-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.