Gujaboʻtqa — qoʻqonjoʻxori (oq joʻxori)dan tayyorlanadigan taom. Joʻxorini namlab kelida bir necha marta tuyiladi; yelpib, qipigʻidan tozalangach, yuvib tashlanadi. Qozonda yogʻni dogʻlab, piyoz bilan birga goʻsht qiyma qovuriladi, keyin tayyorlab qoʻyilgan joʻxorini solib suv quyiladi va 1 soat davomida kovlab-kovlab pishiriladi. Tuz va ziravorlar pishish oldidan solinadi. Tayyor taom qopqogʻi yopilgan idishda 10—15 min. damlangandan soʻng laganga suzib, betiga oshkoʻklar sepilgan holda dasturxonga tortiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil