Gujranvala — Pokistondagi shahar. Panjob viloyatining shim.sharqida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik, mashinasozlik (elektrotexnika) korxonalari, ip va jun gazlama fabrikasi, paxta tozalash va mexanika zavodlari bor. Hunarmandchilikda ip va ipak gazlamalar toʻqiladi, charm, fil suyagi va metalldan turli buyumlar, chinni va sirlangan sopol idishlar tayyorlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil