Gul bayrami – Oʻzbekistonda bahor faslida gulga bagʻishlangan sayillar. Bunday bayramlar togʻ bagʻrida, qir-adirlarda, bogʻlarda oʻtkazilgan. G. b. dunyoda keng tarqalgan anʼanalardan biridir. Koʻpgina mamlakatlarda gullarga bagʻishlangan, jumladan Gresiyada sunbul, Yaponiyada xrizantema, Fransiyada marvaridgul, Hindistonda atirgullarga bagʻishlangan maxsus bayramlar mavjud. 1) har yili koʻklamda oila aʼzolari va yor-birodarlarning lolazorlarga sayil qilishi, lola terib, xursandchilik qilish maqsadida oʻtkaziladigan dam olish odati. Bu sayillar „qizil gul sayili“, „lola sayili“, „sumbula sayili“, „boychechak“, Samarqandda mevali daraxtlar, jumladan behi gullaganda – „behi guli sayili“ („sayil guli behi“), Zarafshon vodiysida „boychechak gulgardoni“, Buxoroda gullar ochilib, bulbullar sayragan vaqtda – „Gulgardoni bulbulxon“ („Bulbul qoʻshigʻi“) singari nomlar bilan mashhur boʻlgan; 2) gul va chechaklar avji ochilgan chogʻda istirohat bogʻlarida tashkil etiladigan eng yaxshi gul namunalari koʻrigi. Bunday koʻriklarni respublikamizning Toshkent, Namangan va b. shaharlarida har yil oʻtkazish anʼanaga aylangan. Bu G. b.da davlat gulchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan hamda xususiy gulchilar yetishtirgan gul navlari namunalari namoyish qilinadi. Gʻoliblar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkenyil Sayfiddinov A., Oʻzbekistan bayramlari, T., 1991.