Gul va sanobar
"GUL VA SANOBAR" — ishqiysarguzasht doston. 13—14-asrlarda fors adabiyotida paydo boʻlgan. Muallifi nomaʼlum. Dastlab qoʻlyozmalarda tarqalgan, soʻng bir necha toshbosmada nashr etilgan. Mazmuni "Ming vir kecha" ertaklaridagi "Sindbod bahriy hikoyalari"ni eslatadi. Asarda muhabbat qudrati har qanday yovuz kuchlarni yengadi, degan gʻoya yetakchi oʻrin egallaydi. Oʻzbek dostonchiligida Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Islom shoir Nazar oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli va Xorazm dostonchilari ijrosida maʼlum. Fozil shoir va Rahmatulla Yusuf oʻgʻli variantlari "Oʻzbek xalq ijodi" seriyasida "Zevarxon" nomi bilan nashr etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |