Gulbeor (Portulaca grandifl ora), beorgul — semizoʻtdoshlar (semizoʻtgullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Vatani — Janubiy Amerika. Poyasi nisbatan yoʻgʻon, sersuv, sershox, bri 10— 15 sm. Barglari ensiz, tuksiz. Guli ikki jinsli, yirik, shoxchalarning uchida 2—4 tadan joylashadi. Gultojbargi tuxumsimon, kosachasidan 3 barobar uzun, oq, qizil, sariq, binafsha va b. rangda. May-sent. oylarida gullaydi. Koʻsakchasi bir chanokli, koʻp urugʻli. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi. G. urugʻidan yaxshi koʻpayadi, shu sababli beorgul deb nomlangan. Oʻzbekistonda semizoʻt deb atalgan bitta yovvoyi turi bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil