Gulchehra Axunova
Axunova Gulchehra Nazarovna — (1941-yil 24-aprelda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan) iqtisod fanlari doktori, professor[1].
Gulchehra Axunova Nazarovna | |
---|---|
Tavalludi |
24-aprel 1941-yil Fargʻona, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | UZB |
Millati | Oʻzbek |
Sohasi | Jurnalist, Iqtisod |
Mukofotlari |
Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni |
Tarjimai holi
tahrirGulchehra Axunova 1941-yilning 24-aprelida Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi xizmatchi oilasida tavallud topgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi „Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq Markazi“ direktori va universitet kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan[2].
Faoliyati
tahrir- 1960-1965-yillarda Toshkent davlat universitetining „Jurnalistika“ yo‘nalishiga tahsil olgan.
- 1965-1967-yillarda „Partiya turmushi“ jurnali xodimi lavozimiga ishga qabul qilingan.
- 1967-1970-yillarda Toshkent davlat universitetining aspirantura yo‘nalishida o‘qishini davom ettirgan.
- 1974-yilda nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
- 1970-yildan 1991-yilgacha Toshkent davlat universitetida assistent, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida keyinchalik esa dekan muovini va dekan lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
- 1993-yildan boshlab uzoq yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi „Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq Markazi“ direktori lavozimida ishlagan.
Ijtimoiy hayotdagi faolligi
tahrirProfessor Gulchehra Axunova:
- 1988-yilda Sobir Rahimov tumani;.
- 2004-yilda esa Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan.
- 1994-yilda Rossiya tashqi savdo akademiyasi oliy tijorat maktabini,
- 1999-yilda esa Xalqaro jamoatchilik tashkilotining „Mehnat va bandlik akademiyasini“ tamomlab, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha diplom va sertifikat olgan.
Shuningdek, u 2005-2011-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ishlari bo‘yicha prorektor vazifasida ham ishlagan.
Ilmiy ishlari
tahrirOlima o‘zining qariyb yarim asrlik pedagogik rahbarlik faoliyati mobaynida g‘amxo‘r murabbiy sifatida yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor qaratib kelgan. 2004-yilda „Taʼlim xizmatlari bozorida marketing faoliyati va uni takomil- lashtirish“ mavzusi bo‘yicha doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Bugungi kunda uning rahbarligida 10 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi. Izlanuvchan rahbar saʼy-harakatlari natijasida faoliyat ko‘rsatgan markaz nafaqat Respublika miqyosidagi ilmiy tadqiqot loyihalarida, balki qator xalqaro grantlar sovrindori ham bo‘lgan. Xususan, Yevroosiyo fondi, Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi, Yaponiya elchixonasi taʼsis etgan grantlar shular jumlasidandir. Uning tashabbusi bilan grant mablag‘lari hisobidan institut kutubxonasi fondi uchun 10 mingdan ziyod kitoblar xarid qilingan. Bunday xayrli ishlar samarasi ularoq, institut bugungi kunga kelib respublikaning eng nufuzli professor-o‘qituvchilar malakasini oshiradigan ziyo maskaniga aylangan.
Ilmiy unvonlari
tahrirGulchehra Axunovaning iqtisodchi olima, tashabbuskor rahbar hamda mohir pedagog sifatidagi xizmatlari munosib eʼtirof etilgan. Xususan, u „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ va „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, uning muallifligida ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va ilmiy maqolalar chop etilgan:
- Marketingovaya deyatelnost na rinke obrazovatelnix uslug i ee paradigmi. Monografiya. — TsPIU, 2002. — 227 s.
- Osnovnie napravleniya sovershenstvovaniya marketinga obrazovatelnix uslug v Uzbekistane // Mejdunarodniy biznes,
№ 12. — Moskva, 2002.
- Podgotovka i perepodgotovka kadrov dlya MBS (opit Uzbekistana) // Sovremennie aspekti ekonomiki, 2003, № 1. — S. 230-234 s.
- O‘zbekistonda taʼlim xizmatlari marketingi muammolari. Monografiya. — Tashkent: Iqtisod-moliya, 2005, 244 b.
- Kompleksniy analiz marketingovix konsepsiy i strategiy. Monografiya. — Tashkent: TGEU, 2009, 174 s.
- Marketing. Uchebnoe posobie. — Toshkent: TDIU, 2010.