Gulchehra Nurullayeva
Gulchehra Nurullayeva (1938-yil, Toshkent viloyati, Choshtepa qishlogʻi — 2021-yil 16-yanvar Toshkent shahri) — oʻzbek shoirasi, jurnalisti va siyosiy faoli.
Gulchehra Nurullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
1938-yil |
Vafoti |
2021-yil 16-yanvar Toshkent shahri |
Taxallusi | Gulchehra Nur |
Kasbi | Jurnalistika, siyosat |
Fuqaroligi | , Oʻzbekiston |
Mukofotlari | I darajali „Mehnat faxriysi“ ko‘krak nishoni (oltin medali) |
Yoshligi
tahrirGulchehra Nurullayeva oddiy xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi chor-nochor ro‘zg‘or tebratgan. Onasi esa uy yumushi bilan band bo‘lgan. U 1946—1956-yillarda o‘rta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1956—1961-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika yoʻnalishida tahsil olgan[1].
Faoliyati
tahrirShoira faoliyatini „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ (hozirgi „Saodat“) jurnalidan boshlagan (1961—1967). 1967—1969-yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida tahsil oladi. 1967-yilda Yozuvchilar uyushmasining aʼzoligiga qabul qilingan. 2005-yilda oʻz xohishi bilan uyushma aʼzoligidan chiqib ketgan[2]. 2018-yilda qaytadan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qayta qabul qilingan[3].
U XX asrning 80—90-yillarida Oʻzbekiston mustaqilligi uchun kurashgan demokratik harakat faoli boʻlgan[4]. Oʻsha vaqtlarda Birlikning faol aʼzosi hisoblangan shoiraga bosim va tazyiqlar boʻlgan. Bu haqida shoir Yusuf Juma shunday deydi:
"Gulchehra Nurullayeva “Birlik” harakatining faollaridan bo’lganlar bir paytlar. O’sha paytlari maydonlarga, hozir mustaqillikni bayram qilayotganlar xalq ustiga militsiya yuborib yurgan paytlarida juda ko’pchilik biladiki, hatto Gulchehra Nurullayeva mana shu ozodlik, mustaqillik degani uchun mirshablarning oyog’i tagida qolib ketgan. Mustaqillik uchun maydonga chiqqan Gulchehra Nurullayevani bosib ketganlar hozir to’rda turib mustaqillikni bayram qilayaptilar, mustaqillik ne’matlaridan bahramand bo’lyaptilar. Men shunga afsuslanaman"[5].
— Yusuf Juma
Oʻzining siyosiy faoliyatini izohlar ekan, Gulchehra Nurullayeva shunday deydi:
"Agar ozgina mustaqil fikrga ega bo‘ladigan bo‘lsalar¸ jasoratga ega bo‘ladigan bo‘lsalar¸ ular quvg‘inga uchraydilar¸ qamoqlarga tashlanadilar. Dovyurakliklari uchun¸ vatanparvarliklari uchun jazolanadilar"[6].
— Gulchehra Nurullayeva
Gulchehra Nurullayeva oʻzbek tiliga „Davlat tili“ maqomi berilishi uchun harakat qilgan faollardan biri boʻlgan[7].
Asarlari
tahrir- „Quyosh tabassumi“ (1965, birinchisi);
- „Orzularim qoqadi qanot“ (1969);
- „Tashnaman“ (1972);
- „Ikkinchi bahor“ (1973);
- „Lirika“ (1975);
- „Лети, моя мечта“ (1972, rus tilida);
- „Bag‘ishlov“ (1977);
- „Paxta hidi“ (1981);
- „Nurli nuqtalar“ (1986);
- „Muhabbatning suvrati“ (1988).
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Гулчеҳра Нуруллаева (1938-2021)“. https://ziyouz.uz/. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
- ↑ „SSSR bergan mukofotlardan voz kechgan shoira vafot etdi“. https://qalampir.uz/. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
- ↑ „Taniqli shoira Gulchehra Nurullayeva vafot etdi“. https://kun.uz/.
- ↑ „Shoira va muxolifat faoli Gulchehra Nurullayeva vafot etdi“. https://www.ozodlik.org/. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
- ↑ „Gulchehra Nurullayeva: Xalq dardi bilan yashayotgan shoira“. https://www.amerikaovozi.com/.
- ↑ „Shoira va muxolifat faoli Gulchehra Nurullayeva vafot etdi“. https://www.ozodlik.org/. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
- ↑ „Ўзбек тилининг давлат тили бўлганига 20 йил тўлди“. https://www.ozodlik.org/. Qaraldi: 2023-yil 10-fevral.
Havolalar
tahrir- Gulchehra Nurullayevaning surʼati
- Portreti
- Gulchehra Nurullayeva hamkasblari bilan
- Tasavvurni dunyo qadar kengaytiradi (Wayback Machine saytida 2016-04-16 sanasida arxivlangan)
- [www.amerikaovozi.com/a/a-36…09…/796951.html Xalq dardi bilan yashaydiga shoira]