Guldarasoy
Guldarasoy — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ va Qamashi tumanlaridagi soy. Koʻhitang togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻri (2800 m) dan oqib tushadigan 16 ta katta-kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. G. suvi sugʻorishga sarflanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida Yakkabogʻdaryoning chap tarmogʻi Qizildaryoga yetmasdan, Badaxshon qishlogʻidan 1 km jan. da tugaydi. Uzunligi 40 km, havzasining mayd. 276 km2. G.ning havzasi nisbatan baland, shu tufayli koʻproq qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Guldara qishlogʻi yaqinida oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 0,17 m’/sek. Suvining 60—65% mart—iyun oylarida oqib oʻtadi, aprel—may oylarida oʻrtacha oylik suv sarfi 0,55 m/sek gacha yetadi, noyabr—fevral oylarida esa suvi kamayadi, baʼzan quyi oqimida oʻzani qurib qoladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |