Guldirov — Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan qishloq. Qishloq nomini kelib chiqishi sababini, shu yerdan oqib oʻtadigan katta ariq suvining daryo oʻzaniga guldirab oqib turishi bilan bogʻlaydilar. Shuningdek, Mingbuloq neft koniga yaqin bu joyning nomini keksalar yer osti guldirashlari bilan ham aloqador deb hisoblaydilar. Boshqa manbalarda esa bu yerdagi buloqlarda ko'p miqdorda suv oqib, sharsharaday shovqin solib, chiroyli manzarani yaratgan. Qishloqning nomi ham shu manzaradan, ya'ni "Guldir-ob" dan olingan.

Sharq va G'arbdan Ko'shan adirlari, shimoldan Yangiqo'rg'on tumanidagi Ko'riq, janubdan esa Ko'shan qishloqlari bilan chegaradosh. Tuman markazi va yaqin temir yo'l bekati Chortoq bo'lib tuman markazidan 15 kilometr uzoqlikda joylashgan. Axolisi 6127 kishi (2023-yil). Aholisi asosan bog'-uzumchilik va pillachilik bilan shug'ullanadi.

Manbalar tahrir

  1. Abdulla Jabborning "Namangan viloyati" kitobidan olingan.