Gulnora Mardiyevna Shadiyeva (1960-yil, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, iqtisod fanlari doktori, professor.

Gulnora Shadiyeva
Tavalludi 1960-yil
Kattaqoʻrgʻon, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Taʼlimi Toshkent Xalq xoʻjaligi instituti
Ilmiy darajasi iqtisod fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Gulnora Shadiyeva 1960-yil Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. 1983-yil Toshkent Xalq xoʻjaligi institutini „Iqtisodiy axborotni mexanizatsiya asosida tashkil etish“ ixtisosligi boʻyicha tugatib, ish faoliyatini Kattaqoʻrgon tijorat texnikumida oʻqituvchilikdan boshlagan. Soʻngra shu texnikumda boʻlim boshligʻi, direktor oʻrinbosari, direktor lavozimida ishlagan[1]. 2007—2009-yillarda Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan. 2006—2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, 2013—2014-yillarda Toshkent shahridagi kasb-hunarga oʻqitish markazi oʻqituvchisi, 2015—2016-yillardaToshkent mehmonxona xoʻjaligi va servis kasb-hunar kollejida oʻqituvchi, 2017—2018-yillarda Geologiya tarmogʻi xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha maslahatchi, 2019—2020-yillarda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti oʻquv uslubiy boʻlimi boshligʻi, 2019—2020-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, „Yoʻl xoʻjaligi iqtisodiyoti va uni tashkil etish“ kafedrasi professori, 2020—2021-yillarda Toshkent davlat transport universiteti Iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimida ishlab kelgan. Hozirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori[1].

Oilasi tahrir

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati tahrir

2001-yilda „Mikroiqtisodiyot“ ixtisosligi boʻyicha „Oila xoʻjaligi mulki va daromadini koʻpaytirish yoʻllari“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini , 2008-yilda „Xizmat koʻrsatish tarmoqlari iqtisodiyoti“ ixtisosligi boʻyicha „Oila xoʻjaligi farovonligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillarni va servisni rivojlantirish muammolari“ nomli mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasini olgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 250 dan ortiq maqolalar, 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma, 4 ta ilmiy risola muallifi. „Mustaqillikning 15 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE

Havolalar tahrir