Gultojixoʻroz, tojixuroz (Gelosia cristata L.) — gultojixoʻrozdoshlar oilasiga mansub bir yillik ut. Poyasi tik, buyi 10—70 sm. Barglari yirik, uz. 5—7 sm, eni 2,5 sm, uzun bandli. Tupguli har xil shaklda, asosan, barg qoʻltigʻida joylashgan. Rangi toʻq qizil yoki koʻkish sariq tusli. Gullari ikki jinsli, gulqoʻrgʻoni oddiy, changchisi 5 ta. Mevasi kup urugʻli koʻsakcha, urugʻidan koʻpayadi. Oʻzbekistonning deyarli barcha joylarida manzarali usimlik sifatida eqiladi.

Gultojixoʻroz
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Binar nomi
Gelosia cristata

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil