Gultuvak

ichiga tuproq solib, gul koʻkartiriladigan maxsus idish. Aksari sopoldan yasalib, bezak va sir berilmaydi

Gultuvak — 1) ichiga tuproq solib, gul koʻkartiriladigan maxsus idish. Aksari sopoldan yasalib, bezak va sir berilmaydi. Gul va oʻsimliklarga moslashtirilib turli shakllarda yasaladi. Tubi teshik boʻladi. Solingan suv tuproqqa shimilib, G.ning tagiga qoʻyilgan idishga tushadi; 2) bezak mujassamotida gul, buta ostidagi tuvaksimon naqsh shaqli. Amaliy sanʼat (naqqoshlik, ganchkorlik va b.)da keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil