Gulxan
"GULXAN" — adabiy-badiiy, bezaqli bolalar jurnali. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekistan Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati. Oyda 1 marta chiqadi. Dastlab "Yosh kuch" (1929 — 41) nomi bilan chiqqan, 1941 — 45 yillardagi urush sababli jur.ni chop etish vaqtincha toʻxtatilgan. Soʻngra "Pioner" (1952 — 57) nomi bilan nashr qilingan. 1957 yildan hozirgi nomda. "G" sahifalarida Oʻzbekiston bolalari hayoti, ularning orzu-intilishlari, shuningdek, badiiy adabiyot, sanʼat, xalq ogʻzaki ijodi, turli sport oʻyinlari muntazam yoritilib boriladi. "Gulxan" kutubxonasi seriyasida bolalar ijodidan kitobchalar ham chiqariladi. Jur.ga turli yillarda Gʻani Jahongirov, Jumaniyoz Jabborov, Toʻlqin Kozoqboyev, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Abdulla Oripov, Safar Barno va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 70000 (2002). Muharriri Omon Matjon (2002 yildan).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |