Gumin oʻgʻitlar
Gumin oʻgʻitlar - organik-mineral oʻgʻitlar; organik modda va u bilan kimyoviy yoki adsorbsion boglangan mineral birikmalardan iborat. G. oʻ. gumin kombinatalar yoki tarkibida shu kombinata boʻlgan moddalar (qoʻngʻir kumir, torf, toshkoʻmirning nuragan qoldiqlari, loyqa, chirindi va b.)ni ammiak, fosfatlarning ammiaqli eritmalari, fosfat kombinata, kaliyli tuzlar bilan ishlash yoʻli orqali olinadi. Qanday xom ashyodan foydalanilganiga koʻra suvda eriydigan nitrat va ammoniy gumatlari, nitrogumatlar, torfliammiaqli oʻgʻitlar, torfli-mineralliammiaqli oʻgʻitlar va b. boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida ammoniylashgan qoʻngʻir gumin koʻmirini mochevina, ikkilangan superfosfat yoki ammofos tarkibiga qoʻshish orqali organik-mineral oʻgʻitlar olish usuli ishlab chiqilgan. Bu oʻgʻitlarda azotning miqdori bir xil boʻlib, fosforning miqdori qoʻshilayotgan gumin koʻmiriga bogʻliq holda oʻzgaradi. Bunday yoʻl bilan tuproqqa solinadigan fosfor oʻgʻiti miqdorini istagancha kamaytirish yoki koʻpaytirish mumkin. G. u. fosforit tarkibidagi fosforning eruvchanligini, fosforli oʻgʻitlarning samaradorligini oshiradi va ekinlar hosildorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Maruf Toshqoʻziyev.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |