Gummi smolalar — oʻsimlik smolalari; tarkibida 11 — 55% yelim va efir moylari boʻladi. G. s. boshqa smolalardan odatdagi organik erituvchilarda oz eruvchanligi bilan farq qiladi. Xloralgidratning suvdagi 60%li eritmasida toʻliq eriydi. Tibbiyotda plastirlar tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil