Gunafshadoshlar (Violaceae) -ikki urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 16 turkum va 850 tur kiradi. G. bir yillik va koʻp yillik oʻt, buta, chala buta va past boʻyli daraxtlar. Barglari, asosan, butun, navbat bilan joylashgan. Gullari bittadan yoki ikkitadan boʻlib, barg qoʻltigʻidan chiqadi, aktinomorf yoki zigomorf. Kosacha va tojbarglari 5 tadan, pastki tojbarglarining ostki qismi pixga aylangan, changchisi 5 ta, urugʻchisi 2 — 5 ta, tugunchasi ustki, bir uyali. Oʻzbekistonda binafsha turkumiga mansub turlari oʻsadi. Ayrim turlari bahorda ochiladigan xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil