Gurganj qamali – moʻgʻullar tomonidan bosib olingan va ushbu shaharning egallanishi uchun juda koʻplab kuch talab qilingan qonli qamal nomi bilan mashhur. Moʻgʻullar Xorazm imperiyasini bosib olish davrida Gurganjni qamal qilishga harakat qilishgan. Moʻgʻullar saltanati hukmdori Chingizxon Shoh Muhammad II hukmronlik qilgan Xorazm imperiyasiga koʻp navkarli va murakkab taktikali hujum uyushtirgan edi[1]. Ushbu hujumlar qatorida Gurganj shahrini ham bosib olish koʻzda tutilgan va ushbu bosqinda juda koʻplab moʻgʻul askarlari safarbar etilgan edi. Samarali rejalashtirish bosib olish gʻoyasi, yengilmas qoʻshin va ajoyib manevrlar uygʻunligi tufayli xon qoʻshini tezda chegaradagi Oʻtror shahrini, undan keyin esa Buxoro va Samarqandning yirik shaharlarini egallab olishga muvaffaq boʻldi[2].

Gurganj qamali
Sanalar 1221-yil
Urush yeri Gurganj (hozirgi kunda Turkmaniston)
Raqiblar
Chingizxon
42°19′N 59°11′E / 42.32°N 59.18°E / 42.32; 59.18 G OKoordinatalari: 42°19′N 59°11′E / 42.32°N 59.18°E / 42.32; 59.18 G O

Chingiz oʻgʻillari Joʻji va Chigʻatoy boshchiligidagi otryadni sobiq poytaxt Gurganjni qamal qilish uchun shimoli-gʻarbga yubordi. Juda boy shahar Amudaryo deltasidagi botqoqli yerlarda joylashgani uchun hujum qilish qiyin edi[3]. Ikki qoʻmondon aka-uka oʻrtasidagi kelishmovchilik tufayli qamal yanada murakkablashdi[4]. Oxir-oqibat, Chingiz oʻzining uchinchi oʻgʻli va oxir-oqibat merosxoʻri Oʻgedayni qamal uchun yagona qoʻmondon qilib yubordi.

Oxir-oqibatda shahar qoʻlga kiritilganda, u insoniyat tarixidagi eng qonli qirgʻinlardan biri sifatida esda qolarli boʻldi va shahar egallangach u moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan[5]. Shahar moʻgʻul shohi Chingizxonga boyliklari, biror joyga yurush qilganda qulay joyda joylashgani va eng muhimi oʻzi egallamoqchi boʻlgan shaharlariga yaqin joyda ekanligi uchun qulay edi.

Manbalar tahrir

  1. Golden, Peter (2009). "Inner Asia c.1200". The Cambridge History of Inner Asia The Chinggisid Age: 9–25. doi:10.1017/CBO9781139056045.004. ISBN 9781139056045. 
  2. Buniyatov, Z. M.. {{{title}}}. Moscow: Nauka, 2015. ISBN 978-9943-357-21-1. 
  3. Biran, Michal (2009). "The Mongols in Central Asia from Chinggis Khan's invasion to the rise of Temür". The Cambridge History of Inner Asia The Chinggisid Age: 47. ISBN 9781139056045. 
  4. Jackson, Peter (2009). "The Mongol Age in Eastern Inner Asia". The Cambridge History of Inner Asia The Chinggisid Age: 26–45. doi:10.1017/CBO9781139056045.005. ISBN 9781139056045. 
  5. May, Timothy „The Mongols outside Mongolia“,. The Mongol Empire. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2018 — 60–61 bet. ISBN 9780748642373.