Gusenitsa (rus.) — zanjirli gʻildirak; bir-biriga oshiq-moshiqdek biriktiriladigan qismlardan iborat tutash lenta yoki zanjir. Traktor, buldozer, tank, odimlovchi kranlar, quvur yotqizgichlar, ekskavator va b.ning oʻtuvchanligini oshirish uchun ishlatiladi. Gusenitsaning ichki tomonida botiq va chiqiqlari bor. Mashina yetakchi gʻildiragidagi tishlar gusenitsa botiqlariga kirib, uni olgʻa intiltiradi. Gusenitsa mashinaning ikki tomonida gʻildiraklar ostiga goʻyo poyondoz toʻshalganday yoyilib boradi. Gusenitsaning tashqi sirtidagi chiqiqlari mashinaning yer bilan yaxshi tishlashuvini (sirpanib ketmasligini) taʼminlaydi. Gusenitsa metall, rezina-metall va rezinadan yasalishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil