Gusyantun — Xitoyning Harbin sh. yaqinidagi manzilgoh. Oʻrta paleolit davriga mansub. 1926-yilda ochilgan, 1931—34-yillarda oʻrganilgan. Soʻnggi pleystotsen davrida yashagan hayvonlar (mamont, yoʻlbars, antilopa, bugʻu, tuyaqush va b.) ning 10 mingdan ortiq suyagi topilgan. Suyak (bigiz, iskana) va tosh (pichoq, qisqich va b.) dan yasalgan mehnat qurollari bor.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil