Guvalyor, Gvaliyor — Hindistonning shimolidagi shahar. Madhya-Pradesh shtatida. Aholisi 700 ming kishi atrofida (1990-yillar oʻrtalari). Muhim temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Hozirgi Guvalyor Lashkar, Morar shaharlari va Guvalyorning oʻzini qoʻshilishidan bunyodga kelgan. Ip gazlama fabrikalari, kulolchilik, gilam toʻqish korxonalari, toʻqimachilik mashinasozligi, zargarlik zavodlari va bir qancha metallsozlik korxonalari; arxeologiya muzeyi bor. Hunarmandchilik rivojlangan. 11 —16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil