GvatemalaGvatemala Respublikasi poytaxti. Gvatemala togʻligining janubi-sharqiy qismidagi vodiylardan birida (1S02 m balandlikda) joylashadi. Aholisi qariyb 2,4 mln. kishi (1999), asosan indeys va kreollar. Iklimi subekvatorial, passatli musson iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 15—20°. Yillik yogʻin 500—1000 mm.

G. 1524-yilda Santyago nomi bilan qurila boshlagan. 1541-yil Agau vulkani otilganda va 1917-yil dekabr hamda 1918-yil yanvardagi zilzilada butunlay vayron boʻlib, keyinchalik qayta tiklangan. Temir yo'l orqali Tinch okean sohili va Karib dengizining portlari bilan bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. G. — mamlakatning muhim sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel korxonalari, temir yo'l ustaxonalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan katolik sobori (1782—1815) saqlangan. G.da bir necha universitet, Oliy politexnika maktabi, Harbiy akademiya, Iqgisod maktabi, Milliy konservatoriya, Fanlar akademiyasi (1930), Milliy institut (1945), Antropologiya va tarix instituti (1946), Meteorologiya va seysmologiya instituti, rasadxona, Milliy kutubxona va b. bor.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil