Gvozdan qal’asi Qalʼa — Markaziy Xorvatiyadagi tarixiy bino. Dvor va Glina shaharlari oʻrtasida, Zrin qal’asidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, Gvozdansko qishlogʻida joylashgan. Xorvatiyaning markaziy Sisachko-Moslavacka okrugidagi qal’a.

Tarixi tahrir

Gvozdansko qal’asi XV asr ikkinchi yarmida Xorvatiya zodagonlaridan Zrinski oilasining togʻ-kon huquqi tufayli qurilgan. Qal’a, manbalarda birinchi marta 1488-yilda tilga olinadi. Nikola III Zrinski va uning oʻgʻli Nikola Šubich Zrinski tez-tez Gvozdanskoga konlar va zarbxonani koʻzdan kechirish uchun kelib turishadi[1].

Turklar Gvozdansko qal’asini egallashga bir necha bor uringan. Qal’ani egallash uchun 1561-yilda Malkochbeg, 1574-yilda Farxodbeg va 1576-yilda Kapiji posho[2] tomonidan uchta yirik urinish amalga oshirilgan. 1577-yil 3-oktabrdan 1578-yil 13-yanvargacha olib borilgan oxirgi qamal ancha yaxshi tashkil etilgan. Farxod Posho Sokolovichning ushbu qamalida 10 ming askar bilan ishtirok etgan[2]. Gvozdansko qal’asini qamal qilish Usmonlilarning gʻalabasi bilan yakunlangan. Ular 1578-yil 13-yanvarda qal’aning soʻnggi himoyachilari qattiq qishda, oʻtinsiz yoki olov yoqish uchun hech narsasiz qolib, muzlab oʻlgandan keyingina qal’aga bostirib kirishga muvaffaq boʻlgan. Gvozdanskdogi Usmonli hukmronligi 1718-yilgacha davom etgan. Usmonli qoʻmondoni vayron boʻlgan qal’ada jangovar pozitsiyalarda mushketlarini ushlab turgan himoyachilarning muzlab qolgan jasadlarini koʻrib, jasur xorvat himoyachilaridan hayratda qolgan.

Manbalar tahrir

  1. „"Права на добычу полезных ископаемых и чеканку монет хорватской аристократии " Мирник, Иван“. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-aprel.
  2. 2,0 2,1 Zrinske utvrde u hrvatskom Pounju(xor.) // Građevinar. — Zagreb: Croatian Society of Civil Engineers, 2003. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. Архивировано 18 iyul 2011 года.