Héctor Altamirano
Héctor Altamirano Escudero (talaffuzi: Ektor Altamirano) (1977-yil 17-martda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi va Liga MX „Keretaro“ klubining sobiq bosh murabbiyi[1]. U „El Pity“ laqabli bilan ham mashhur odatda oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan[2]. Xalqaro maydonda Meksika terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Héctor Altamirano Escudero | ||
Tavallud sanasi | 17-mart 1977-yil | ||
Tavallud joyi | Matías Romero, Oaxaca, Meksika | ||
Boʻyi | 1.73 m (5 ft 8 in) | ||
Ampluasi | Himoyaachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | UAT (Murabbiy) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997—1998 | Cruz Azul | 6 | (1) |
1998—2005 | Santos Laguna | 237 | (37) |
2005—2006 | San Luis Potosí | 29 | (2) |
2006—2007 | Morelia | 20 | (1) |
2007—2008 | Tecos | 15 | (1) |
2008—2009 | Correcaminos | 27 | (5) |
2009 | Veracruz | 10 | (1) |
2010—2011 | Querétaro | 40 | (5) |
2012 | Cruz Azul Hidalgo | 10 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
1999—2005 | Meksika | 18 | (4) |
Boshqargan klublari | |||
2014—2016 | Querétaro U-17 | ||
2016—2017 | Querétaro Premier | ||
2017—2018 | Querétaro (assistant) | ||
2018 | Cimarrones de Sonora | ||
2019 | Costa Rica (Yordamchi) | ||
2019—2020 | Celaya | ||
2020—2021 | Querétaro | ||
2022 | UAT | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klubdagi faoliyati tahrir
Altamirano Primyeradagi debyutini 1997-yil qishki mavsumda Kruz Azul jamoasi bilan yoshlar safidan chiqqanidan keyin oʻtkazgan. Biroq, atigi oltita oʻyin bilan koʻngli toʻlmay yakunlangan mavsumdan soʻng, u Santos Laguna jamoasiga oʻtgan. „Santos“ga kelganidan beri Altamirano jamoaning oʻng qanotda harakat qiladigan doimiy oʻyinchiga aylangan va klubdagi 6 yil davomida Altamirano 212 oʻyinda maydonga tushib, 36 gol muallifiga aylangan. „Santos Laguna“ jamoasi tarkibida muvaffaqiyatli oʻtkazgan oʻyinlaridan soʻng, meksikalik futbolchi 2005-yilning yozida transfer oynasida premyeraga yangi koʻtarilgan San-Luis jamoasiga yoki Meksikada mashhur boʻlgan „Draft“ jamoasiga sotilishi eʼlon qilingan. Altamirano San-Luisda klubga liga finaliga chiqishga yordam bergan muvaffaqiyatli yildan soʻng, 2006-yilning yozida Altamirano CA Monarcas Morelia jamoasiga qoʻshilgan.
Altamirano Apertura 2008\2009-yilgi mavsumida Korrekaminos jamoasiga qoʻshilgan.
Oxirgi vaqtlarda u professional futboldan tashqari yangi biznes korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻymoqda. U 2016-yilning 6-aprelida Reforma nashriga bergan intervyusida oʻzi futbolchi sifatida mashhurlikka erishgan San-Luis shahrida oʻrta kattalikdagi baliq akvariumini ochayotganini eʼlon qilgan. Uning akvariumida asosan dengiz baliqlari va sutemizuvchilar, shu jumladan oq akulalar va orkalar ham yashaydi.
Xalqaro faoliyati tahrir
Xalqaro maydondagi gollar tahrir
Gol | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 27.06.2004 | Estadio Victoria, Aguascalientes Siti, Meksika | Dominika | 8 — 0 | 8-0 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
2. | 13.07.2004 | Estadio Migel Grau, Piura, Peru | Ekvador | 1 — 0 | 2-1 | 2004-yil Amerika kubogi |
3. | 13.112004 | Miami Orange Bowl, Mayami, Amerika Qoʻshma Shtatlari | Saint Kitts va Nevis | 1 — 0 | 5-0 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4. | 17.11.2004 | Estadio Tecnologico, Monterrey, Meksika | Saint Kitts va Nevis | 1 — 0 | 8-0 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
Manbalar tahrir
- ↑ „Querétaro presentó a Héctor Altamirano como su nuevo director técnico“ (ispancha). ESPN México (27-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 27-oktabr 2020-yil.
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y8vL9crLsgvKinWKyrVL0lML9Y3NDM0NDQxNzPUZ2AwNDMzMLW0MDc3Z9iTxCL0O-HsthniDDpHgrPeAwDNaxWc&src=27a2288&via_page=1&user_type=4a&oqid=be5a1e347b47ea06