Hōō tog'i (yaponcha: 鳳凰山 Hōō-san?) — Yaponiyaning Yamanashi prefekturasining gʻarbiy qismida joylashgan. Togʻning uchta choʻqqisi boʻlgani uchun uni Hōō Sanzan (鳳凰三山) deb ham atashadi. U Minami Alp togʻlari milliy bogʻida joylashgan boʻlib, 100 ta mashhur yapon togʻlaridan biri hisoblanadi[1].

Hōō togʻi

Hoo togʻining umumiy koʻrinishi
Turi Granit
Joylashuvi Yamanashi prafekturasi, Yaponiya
35°42′06″N 138°18′16″E / 35.70167°N 138.30444°E / 35.70167; 138.30444
Yaponiyaning geografik xaritasi

Choʻqqilar

tahrir

Hoo togʻining uchta asosiy choʻqqisi bor. Mazkur choʻqqilar orasida eng balandi Kannon-dake (yaponcha: 観音岳) nomli choʻqqib boʻlib, uning balandligi 2840 m (9318 ft) yetadi. U Hoo togʻining markaziy qismida joylashgan. Qolgan ikki choʻqqi ham 2000 metrdan balanddan joylashgan.

Quyida Hoo togʻi tarkibiga kiruvchi choʻqqilar berilgan:

Rasm Togʻ nomi Balandlik Triangulyatsiya stansiyasi Eslatma
  Jizo-dake

地蔵岳

2,764 m (9,068 ft) Katta granitning qoyasi tepasida Obelisk deyiladi.

Togʻli kulba Hōō togʻidan sharqdajoylashgan

  Kannon-dake

観音岳

2,840 m (9,318 ft) (toʻxtadi) [2] eng baland nuqta
  Yakushi-dake

薬師岳

2,780 m (9,121 ft) Yakushi-dake togʻli kulba Hoo togʻidan janubda joylashgan

Oʻziga xosligi

tahrir

Hoo togʻi Akaishi togʻ tizmasidagi boshqa togʻlarning koʻpchiligidan ajralib turadi va atrofdagi togʻlarga qaraganda kengroq koʻrinishi beradi. Bundan tashqari, diapazondagi togʻlarning koʻpchiligi qizil-jigarrang rangga ega („Akaishi“ yapon tilida „qizil tosh“ degan maʼnoni anglatadi), ammo Hōō va Kaikoma togʻlari bundan mustasno, chunki ular granit togʻlari hisoblanadi. Bu togʻlar ulkan granit zaxirasiga ega.

Tarixi

tahrir

Sengoku davrida togʻda metall rudasi topilgan hamda shunga bogʻliq oʻrganish ishlari amalga oshirilgan. Keyinchalik, Edo davriga kelib Hoo togʻidan metallar qazib olish va oʻrmon mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

  • 1904-yilda Uolter Veston birinchi boʻlib Jizodake tepasiga obeliskga chiqdi[3];
  • 1964-yil 1-iyunda bu hudud Minami Alp togʻlari milliy bogʻi tarkibiga kiritildi[1];
  • 1990-yilda Sumie Tanaka ([1]田中澄江 Tanaka Sumie) Hōo togʻidagi koʻplab alp oʻsimliklarini aks ettirgan "100 ta togʻning yangi gullari" toʻplamiga soʻnggi 100-gul sifatida qoʻshildi[4].

Geografiyasi

tahrir

Yaqin atrofdagi togʻlar

tahrir

Hoo togʻi Akaishi togʻlarining shimoliy qismidagi asosiy togʻ tizmasi chizigʻining pastki koʻprigida (Komatsu togʻidan boshlanadi) joylashgan.

Rasm Togʻ nomi Balandlik Masofa tepadan Eslatma
  Senjo togʻi

仙丈ヶ岳

3,033 m (9,951 ft) 11.1 km (6.9 mi) 100 ta mashhur yapon togʻlari
  Kaikoma togʻi

甲斐駒ヶ岳

2,967 m (9,734 ft) 8.7 km (5 mi) 100 ta mashhur yapon togʻlari
  Asayo togʻi アサヨy 2,799 m (9,183 ft) 6.6 km (4.1 mi)
  Kita togʻi

北岳

3,193 m (10,476 ft) 6.7 km (4.2 mi) Akaishi togʻlarining eng balandi

100 ta mashhur yapon togʻlari

  Fuji togʻi

富士山

3,776 m (12,388 ft) 56.4 km (35.0 mi) Yaponiyadagi eng baland togʻ

100 ta mashhur yapon togʻlari

Togʻ quyidagi daryolarning manbai boʻlib, ularning har biri Tinch okeaniga borib quyiladi.

  • Noro daryosi (Fudzi daryosining irmogʻi)
  • Otake daryosi, Kotake daryosi (Tenryu daryosining irmoqlari)

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Minami Alps National Park“. Ministry of the Environment (Japan). 2011-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-noyabr.
  2. Triangulation station(rank 2) was stopped.„Inspection service of the information“. Geospatial Information Authority of Japan. 2009-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-noyabr.
  3. The Playground of the Far East in 1918 by Walter Weston, translated into Japanese Visit to Japanese Alps again (日本アルプス再訪),Heibonsha Library, in 1996 new edition, ISBN 4-582-76161-5, Pg. 454
  4. New Flowers of the 100 Mountains(新・花の百名山), Bunsyunbunko, in 1995 by Sumie Tanaka, ISBN 4-16-731304-9

Yana qarang

tahrir