Habibullo
Habibullo (taxminan 1872-1919.20.2, Jalolobod yaqinida) — Afgʻoniston amiri (1901-yildan). Hokimiyatining dastlabki davrida vatanparvar kuchlar taʼsirida islohotlar oʻtkazishga (markaziy hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, dunyoviy taʼlimni joriy qilish va boshqalar), mamlakatni Angliyadan qaramligini zaiflashtirishga harakat qilgan. 1905-yil amir Abdurahmon tomonidan imzolangan ingliz-afgʻon bitimini tan olgan. Angliya va ichki reaksion kuchlar tazyiqi ostida 1919-yil yosh afgʻonlarta qarshi chiqqan; ularning koʻpchiligi qamoqqa olingan va qatl etilgan. Birinchi jahon urushi yillarida Ger-maniyaning gyukgijlashiga qaramay H. betaraflik siyosatini tutgan. Hayotining oxirida inglizparast siyosat yurgizib, Afgʻonistonda ozodlik harakatining oʻsishiga toʻganoq boʻlgan. Saroydagi fitna natijasida oʻldirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |