Umed Habibulloyev
Umed Habibulloyev (1978-yil 12-noyabr) – tojikistonlik futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynaydi. Tojikiston terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 12-noyabr 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Tojikiston SSR | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996 | Sitora Dushanbe | ||
1998–2000 | Varzob Dushanbe | ||
2001–2002 | Zhetysu | ||
2003 | Hang Khong Viet Nam | ||
2004 | Nasaf | 14 | (0) |
2004 | Thể Công | ||
2005 | Shoʻrtan Gʻuzor | 5 | (0) |
2008–2009 | Xoʻjand | ||
2010–2012 | Istiqlol | ||
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004–2011 | Tojikiston | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-yanvar 2015 uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (9-yanvar 2015 uchun) |
Biografiyasi
tahrirKlubdagi faoliyati
tahrirUmed 1996-yilda „Sitora“ klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Futbolchi klub tarkibida Tojikiston chempionati doirasida 11ta oʻyin oʻtkazgan. 1998-yilda Varzob jamoasiga koʻchib oʻtgan va jamoa tarkibida uch yil davomida muvaffaqiyatli oʻyinlar oʻtkazgan. 2001-yilda Umed Qozogʻistonning „Jetisu“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Habibulloyev ikki yil mobaynida Qozogʻiston chempionatida harakat qilgan. Birinchi mavsumda u „Jetisu“ tarkibida 23 ta oʻyin oʻtkazgan va Qozogʻistonning oliy ligasida 2 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan, ammo mavsum oxirida futbolchi jamoa bilan birinchi ligaga tushib ketgan. Birinchi ligada ham Umed klub bilan bir mavsum oʻtkazgan. 2003-yildan 2005-yilgacha u navbatma-navbat Vetnam va Oʻzbekistonning Shoʻrtan klublarida oʻynagan, biroq keyinchalik faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. 2008-yilda katta futbolga qaytgan va bir necha yil Tojikistonning „Xoʻjand“ va „Istiqlol“ jamoalari tarkibida toʻp surgan. U 2012-yilda futboldagi faoliyatini butunlay yakunlagan[1].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirUmed Tojikiston terma jamoasidagi debyutini 2004-yil 10-iyunda 2006-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Suriya terma jamoasiga qarshi bahda oʻtkazgan va oʻyinda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Habibullayev terma jamoadagi ikkinchi va oxirgi oʻyinini oradan 7 yil oʻtib, 2011-yilning 6-sentyabrida KXDR terma jamoasiga qarshi bahsda oʻtkazgan va bu oʻyinda ham maydonda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan[2].
Yutuqlari
tahrirVarzob
- Tojikiston chempioni (3): 1998, 1999, 2000
- Tojikiston kubogi sohibi (2): 1998, 1999
Xoʻjand
- Tojikiston kubogi sohibi: 2008-yil
Istiqlol
- Tojikiston chempioni (2): 2010, 2011
- Tojikiston kubogi sohibi: 2010
Shahsiy hayoti
tahrirOʻgʻli Siyovush (2002-yilda tugʻilgan.) ham futbolchilik yoʻlini tanlagan. 2019-yildan boshlab u CSKA Moskva yoshlar jamoasi va 17 yoshgacha boʻlgan Rossiya terma jamoasi oʻyinchisi xisoblanadi.