Hadra maydoni
Hadra maydoni — Navoiy, Zarqaynar, Furqat va Gʻafur Gʻulom koʻchalari oraligʻida joylashgan.
Tarixi
tahrir„Hadra“ soʻzi arabcha forscha soʻz tarkibidan iborat boʻlib, „Haddi roh“, yaʼni „yoʻlning chekkasi, chegarasi“ yoki „adirli joy“ degan maʼnoni bildiradi. „Hadra“ joy nomi sifatida paydo boʻlishi 10-12-asrlarga toʻgʻri keladi. Yaʼni, Eski shahar xududida Binkat shahri bunyod etilishi munosabati bilan xokim qarorgohining chekka qismida vujudga kelganligi eʼtirof etilgan. Dastlab 1939-yilda bu joyda hiyobon tashkil etilgan, 1948-yil 24-dekabrda maydonga Komsomol nomi berilib, 1951-yilgacha obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilgan. 1960-yilning 1-yarmidan boshlab, Hadra maydoni nomi bilan yuritiladi.
Maydondagi qurulish ishlari
tahrir1975-yilda Hadra maydonida Oʻzbek davlat sirkining yangi binosi foydalanishga topshirilgan. 1982-yilda maydon rekonstruksiya qilingan. Mustaqillik yillarida Hadra maydoni va uning atrofida tubdan qayta taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilgan. Jumladan, Gʻafur Gʻulom koʻchasidan Furqat koʻchasiga oʻtish uchun yer osti yoʻli bunyod etilgan. Maydon yonidagi Gʻafur Gʻulom va Zarqaynar koʻchalari tubdan tartibga keltirilgan. Maydon yonidagi tramvay deposi boshqa joyga koʻchirilib, uning oʻrnida zamonaviy koʻp qavatli turar joy binosi, tennis korti bunyod etilgan.
Diqqatga sazovor joylar
tahrirYaqinida „Hadra“ dahasi va mehmonxonasi, Planetariy, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Oʻzbek davlat drama teatri, Abdulla Qodiriy nomidagi maʼdaniyat va istirohat bogʻi , Chorsu buyum bozori, Bolalar ijodiyoti markazi, „Gʻafur Gʻulom“ metro bekati joylashgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 752.
Adabiyotlar
tahrirToshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.