Zarqaynar koʻchasi (Toshkent)
Zarqaynar koʻchasi — Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududida. Uzunligi 2 km atrofida. Hadra maydoni va Hazrati Imom majmuasi oraligʻida joylashgan.
Koʻchada joylashgan bino | |
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman |
Olmazor Shayxontohur |
Uzunligi | 2 km |
Avvalgi nomlari |
Hastimom koʻchasi Hamza koʻchasi |
Koʻchada joylashgan binolar |
Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi Bolalar ijodiyoti uyi Oʻzbek davlat drama teatri „Chorsu“ buyum bozori Oʻzbek liboslari galereyasi „Namozgoh“ masjidi |
XVIII asrda paydo boʻlgan. Mahalliy aholi Hazrati Imom Qaffol Shoshiy maqbarasini ziyorat qilish uchun shu yoʻldan foydalangan. XIX asrning 2-yarmida shahar koʻchalariga rasmiy nom berilishi munosabati bilan u Hastimom koʻchasi deb yuritilgan. 1929-yil shoir va dramaturg Hamza nomi berilgan. 1990-yil 14-maydan Zarqaynar nomi bilan yuritiladi. Tarkibida 20 ta berk koʻcha bor. Sagʻbon va Abdulla Qodiriy koʻchalarini kesib oʻtadi[1].
Yoʻnalishida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Bolalar ijodiyoti uyi, „Chorsu“ boshbekati, sirk, planetariy, Oʻzbek davlat drama teatri, "Chorsu" buyum bozori, tennis korti, „Zarqaynar“ supermarketi, Oʻzbek liboslari galereyasi, "Namozgoh" masjidi, maktab, shaxsiy turar joy binolari, doʻkonlar va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.
2004-2005-yillarda keng qamrovli qayta qurish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Koʻcha sathi kengaytirilib, Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻidan „Chorsu“ boshbekatiga oʻtish er osti yoʻli bunyod etildi. Yaqinida „Hadra“ mehmonxonasi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri, Toshkent shaharni rekonstruksiya va obod qilish davlat loyihalash instituti, Eskijoʻva dehqon bozori, Xoja Ahror masjidi, bank, yarmarka va kitob doʻkoni joylashgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.