Planetariy (planetasayyora) ilmiy-maʼrifiy muassasa boʻlib, unda yulduz, sayyora, kometa va boshqa osmon jismlari tasvirlangan osmon sferasi modeli, sayyoralar panoramalari namoyish etiladi. Namoyishlar astronomiya, kosmonavtika, kosmologiyadan maʼruzalar bilan kechadi.

Sankt-Peterburgdagi planetariy ichida.

Planetariy (lot. planeta — sayyora) — 1) astronomik hodisalar (yulduzlar osmonining koʻrinishi, osmon sfera-sining aylanishi, Quyosh va sayyoralarning koʻrinma harakati, Yer sunʼiy yoʻldoshlari harakati; Quyosh va Oy tutilishlari va boshqalar) ni maxsus ekranda koʻrsatuvchi apparat. Ekrani yarim sharni eslatuvchi gumbaz koʻrinishida boʻladi. Oylab va yillab kechadigan hodisalarni Planetariyda bir necha daqiqa mobaynida namoyish qilish mumkin. Birinchi optik planetariy 1924-yil "Karl Seys" firmasi zavodida (Germaniya) yaratilgan. 20-asr 70-yillarda "Karl Seys" xalq korxonasi (GDR) Planetariyning 3 modelini ishlab chiqargan. Planetariy apparatlari AQSH (Spitz), Yaponiya (Goto) va GFR (Zeiss) va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqariladi; 2) astronomiya, kosmonavtika va Yer haqidagi fanlarga oid tadbirlar oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy muassasa. Planetariyda astronomiya, geodeziya, geofizika va kosmonavtikaga doir maʼruzalarni oʻqish mumkin. Birinchi P. 1925-yil Myunxenda qurilgan. Toshkentda Planetariy 1963-yil hozirgi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida qurilgan, 2003-yil planetariyning yangi binosi ishga tushirildi.[1]

Ilk planetariy 1925-yili Munxenda ochilgan. Hozirda dunyoda bir necha ming planetariy mavjud.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir

WPD (Worldwide Planetariums Database) Butunjahon sayyoraviy ma'lumotlar bazasi