Sagʻbon koʻchasi — Olmazor tumani hududida. Toshkent shaharning eng qadimgi koʻchalaridan biri. Zarqaynar va Keles yoʻli koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 4 km atrofida. Kichik halqa yoʻli bilan kesishgan. Forobiy, Qoraqamish, Olcha, Hurriyat, Saqichmon, Abu Bakr Shoshiy, Sariqsuv, Gʻalaba va Omonat koʻchalari bilan tutashgan. Tarkibida 13 ta tor va 30 ta berk koʻcha bor.

Sagʻbon koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Uzunligi 4 km
Kim sharafiga nomlangan Sagʻbon darvoza
Koʻchada joylashgan binolar Eskijoʻva bozori
Hofiz Koʻhakiy jome masjid
Islomobod jome masjid
Sagʻbon qabristoni

Tarixi tahrir

Eski shaharni Toshkentning shimoliy-gʻarbiy qismi bilan bogʻlaydi. Oʻrta asrlarda paydo boʻlgan. Shaharning qadimgi 12 darvozalaridan biri Sagʻbon darvozasi shu koʻcha yoʻnalishida boʻlgan. 1893-yil koʻchaga Sagʻbon nomi berilgan. Pastqam va tor koʻchaning XIX asr holati sovet davrida ham oʻzgarishsiz qolgan. 1994-yildan keng qamrovli qayta qurish, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan koʻcha eniga ikki baravar kengaytirilib, avtotransport vositalari harakati uchun katta qulayliklar yaratildi[1].

Binolar tahrir

Yoʻnalishida Eskijoʻva bozori, „Guzarboshi“ va Gʻani Aʼzamov mahallalari, tuman ichki ishlar boshqarmasi, „Hofiz Koʻhakiy“ va „Islomobod“ jome masjidlari, „Sagʻbon“ guzari, „Sharq“, „Tehron“ va „Sulola“ restoranlari, „Qoʻshtut“ va „Guzarboshi“ toʻyxonasi, „Toʻychiota“ kafesi, „Aliakbar“ mehmonxonasi, 42- va 4-oilaviy poliklinika, „Sagʻbon“ qabristoni, „Yosh avlod“ bogʻi, „Hamidullaota“ supermarketi, 24-, 11-umumiy taʼlim maktablari, shaxsiy va koʻp qavatli turar joy binolari, dorixonalar, savdo shoxobchalari va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan.

Yaqinida Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, Chorsu bozori, Milliy liboslar galereyasi, Bolalar ijodiyoti uyi, tuman hokimiyati, „Sagʻbon tekstil“ qoʻshma korxonasi va boshqa bor.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.