Hakim Samarqandiy (Abu Nasr)
Hakim Samarqandiy (arabcha: حكيم سمرقندي — Hakim Samarqandiy — Toʻliq ismi: Hakim Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad Samarqandiy (vafoti 933 yoki 1156-yil)) — muhaddis va faqih.
Hakim Samarqandiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 933-yil yoki 1156-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis, Faqih |
Hayoti
tahrirHakim Samarqandiy hanafiy ulamolaridan bo‘lgan qonunshunos, faqih va muhaddis. Hakim Samarqandiyning tarjimayi holi haqida deyarli maʼlumotga ega emasmiz. Hakim Samarqandiyning vafot etgan yili ikki xil ko‘rsatilgan: Dehxudo o‘zining „Lug‘atnoma“ asarida olim 321/933-yil vafot etgan desa, Hoji Xaliyfa „Kashfu-z-zunun“da 550/1156-1157-yillar deb ko‘rsatgan. „Samarqand - olimlar va shoirlar shahri“ riolasining mualliflari esa birinchi fikrga qo‘shiladilar. Shunday qilib juda kam o‘rganilgan samarqandlik olim Hakim Samarqandiyning fiqh ilmiga oid „Ilmu-sh-shurut va-s-sijjilot“ („Xatga olish va shartlar ilmi“) nomli asar yozganligi maʼlum, xolos.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 589.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |