Hamdoniylar - Suriya va mesopotamiyada hukmronlik qilgan arab sulolasi (9051004). Asoschisi Hamdon xalifalikka qarshi kurashda xorijiylar bilan birlashgan. Uning Abbosiylar xizmatiga kirgan oʻgʻillaridan biri Mosul shahriga noib etib tayinlangan (905). Nosi-ruddavla davri (929969)da Suri-yagacha boʻlgan hududlar H. davlatiga qoʻshib olingan. Karvon savdosi yoʻliga joylashgan H. davlati ancha rivoj topgan. 968 yil H. buvayhiylar bilan boʻlgan jangda yengildilar. 944 yil H.dan Sayfuddavla Suriyadagi ixshidiylar sulolasi bilan urushib, Halab, Hims va boshqa shaharlarni egalladi va Suriyada H.ning yangi sulolasiga asos soldi (944). Uning oʻgʻli Saʼduddavla davri (967991) da H. davlatiga qoʻshni Vizantiya davlati bir necha marta hujum qilib, Halab, Hims shaharlarini egalladi. H. yunonlarga tobe boʻlib qoldi. H.ning oxirgi shohi qatl etilgach (1002), ularning davlati tanazzulga uchragan. 1004-yil Fotimiylar Suriyadagi H. davlatini oʻzlariga tobe etdilar.