Hamid Hussain Musavi Kintoori Lakhnavi Hindi Neshapuri- (1830 — 1888) (Hindi: आयतुल्लाह सय्यिद मीर हामिद हुसैन मुसवी किन्तूरी लखनवी, Urdu: آيت‌الله سیید میر حامد حسین موسوی کنتوری لکھنوی shunday nomlanadi), u Hindistondagi shiya olamiga mansub boʻlgan. U Syed Muhammad Quli Kinturiyning oʻgʻli va „Abaqat ul Anvar fi Imomat al Ai’imma al-Atar kitobining muallifi boʻlgan edi[1][2][3].

Tavalludi tahrir

Syed Hamid Hussain Musavi - 1246-yilning 4-muharramida yaʼni 1830-yil 25-iyunda, Hindistonning Lucknow shahrida tug‘ilgan. Uning barcha aʼzolari Islom diniga xizmat qilgan ilmli olimlar bo‘lgan oilada o‘sib ulg‘aygan, oilasidan ilm va fiqh osmonida qandaydir yulduzlar charaqlab, adashganlarga yo‘l ko‘rsatgan inson sifatida qaraladi.

Taʼlimi tahrir

Uning otasi Allameh Syed Muhammad Qali Musavidan ilm olgan. U asosiy taʼlimdan tashqari, ilm-i Kalom haqidagi bilimlarni ham otasidan bilim olib oʻrgangan ekan. Fiqh va Usul ilmini esa Syed Husain Naqvi bergan. Falsafa va ilohiyot (Hikmat) fanlaridan Syed Murtuza Ibn Sayid Muhammad dars bergan, muftiy Sayyod Muhammad Abbos esa unga axloqdan oʻrgatib taʼlim bergan[1].

Uning holati tahrir

Syedd Hamid Husayn va uning "Abaqat" asari yetakchi shia ulamolari orasida katta hurmatga sazovor bo‘lgan va o‘z davrining buyuk marjiy va huquqshunosi Mirzo Sayyid Hasan Sheroziydan tortib, zamonamiz olimlarigacha bo‘lgan ko‘plab insonlarning yuksak ishlar ega mualliflarni ulug‘laganlar. Sayyid Ali Miloniy „Abaqat“ asarining arab tiliga ixcham tarjimasining birinchi jildida turli olimlarning fikrlarini keltiradi. Bu yerda biz buyuk alloma Allamah Aqa Buzurg Tehranining „Az-Dhari’a ila tasanif ash-Shi’a“ muallifi Syed Hamid Hussain haqida aytgan fiklari berilgan.

Ishlari tahrir

U quyidagi kitoblarni yozgan:

  1. Asfar al-anvar 'an vaqoʻi' afhal al-asfar, Zayn al-vasoʻil va az-Dharaʼi'.
  2. Abaqat al’anvar fi imomat al 'immat al’athar“ butun dunyo boʻylab oʻn ikki shia olimlari orasida mashhur boʻlib, bugungi kunda ham keltiriladi[4].
  3. "Istiqso al-afhom va istifo al-intiqom fi naqd muntaho al-kalom" (10 jild, 1315 / 1897-yilda nashr etilgan).
  4. Shavoriq an-Nusos (5 jild).
  5. Kashf al-mudalat fi zal al-mushkilot.
  6. Al-adab al-tabar fi mabhats oyatul-g‘ar.
  7. Ifhom Ahl al-mayn fi radd Izolat al-gʻayn.
  8. Al-najm al-saqib fi masalat al-hijeb fi al-fiqh (katta, o‘rta va kichik uch shaklda).
  9. Al-duror as-saniyya fi al-makotib va al-munshat al-arabiyya.
  10. Al-zarai fi sharh ash-sharoi fi al-fiqh (tugallanmagan).
  11. Al-shariah al-gharra (fiqh boʻyicha toʻliq kurs).
  12. Al-shulah al-javvala (xalifa Usmon davrida Qur’on nusxalarini yoqish haqida bahs).
  13. Shom al-majoles (shahidlar ustozi Imom Husaynga tasannolar).
  14. Al-tarif (topishmoqlar toʻplami).
  15. Safhat al-almas fi ahkam al-irtemos (choʻmilish, gʻusl).
  16. Al-asharah al-komila (10 ta masala yechimi).
  17. Sham’va dam' (lit. Sham va koʻz yoshlar, forscha sheʼrlar).
  18. Al-dell al-mamdud va al-talh al-mandud.
  19. Rijal al-Mir Hamed Husayn.
  20. Durrat al-tahqiq[5].

Nasab tahrir

Uning otasi Muhammad Quli Musavi ham, amakivachchasi Seyyed Ahmad Musavi Hindi kabi olim bo‘lgan, u ham Ruhulloh Khomeinining otasi tomonidan bobosi hisoblanadi[6].

Vafoti tahrir

1306-yil 18-safar deya diniy tarzda aytilgan, yaʼni 1888-yilning 24-oktabrida vafot etadi va G‘ufran Maʼab Husayniyaga dafn qilinadi. Uning vafoti haqidagi xabar tarqalgach, Iroqda u uchun koʻplab motam yigʻilishlari oʻtkazildi.

Sarlavhalari tahrir

  • Shams-ul-Ulama — Britaniya Raj tomonidan 1887-yil 16-fevralda topshirilgan, unga Darbarda navablardan soʻng darhol martaba olish huquqini berdi[7].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Leader of Heaven #18
  2. Roots of North Indian Shi‘ism in Iran and Iraq Religion and State in Awadh, 1722-1859, by J. R. I. Cole, UNIVERSITY OF CALIFORNIA PRESS Berkeley · Los Angeles · Oxford
  3. Islam, politics, and social movements By Edmund Burke, Ervand Abrahamian, Ira M. Lapidus
  4. GHADEER-E-KHUM WHERE THE RELIGION WAS BROUGHT TO PERFECTION By I. H. Najafi, Published by a GROUP OF MUSLIM BROTHERS, NEW ADDRESS P. 0. Box No. 11365- 1545, Tehran — IRAN.
  5. „BIOGRAPHY OF AUTHOR – Abaqat al-Anwar – عبقات الأنوار في إمامة الأئمة الأطهار“ (en-US). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  6. Justin Jones & Ali Usman Qasmi, The Shi‘a in Modern South Asia, Cambridge University Press (2015), p. 62
  7. Lethbridge, Roper. The golden book of India : a genealogical and biographical dictionary of the ruling princes, chiefs, nobles, and other personages, titled or decorated of the Indian empire, illustrated, reprint, Delhi: Aakar Books, 1893 — 164 bet. ISBN 9788187879541. 2014-yil 20-avgustda qaraldi. 

Havolalar tahrir