Musayev Hamid (1933, Pastdargʻom tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). SamDUni tugatgan (1955). 1955-yildan Pastdargʻom tumanidagi 6-, 46-, 31-, 1962-yildan 1maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. Pedagogik faoliyati davomida darsni tashkil etishning yangicha, ilgʻor usullarini yaratdi, pult boshqaruvi yordamida ishlaydigan texnika vositalari bilan jihozlangan ona tili va adabiyot xonasi tashkil qildi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil