Hamroqulbek
Hamroqulbek — Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi. Hamroqulbek qoʻrboshi Turkistondagi milliy ozodlik harakatining faol ishtirokchisi. Bahrombek qoʻrboshinning asosiy oʻrinbosarlaridan biri[1].
Hamroqulbek | |
---|---|
Hamroqulbek | |
Samarqand viloyatida faoliyat koʻrsatgan yirik qoʻrboshi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | Samarqand |
Qoʻrboshilik faoliyati
tahrirHamroqulbek Samarqand yaqinidagi Pastqishloq (Pastdargʻomda) tavallud topgan. Ahmad Zaki Validiy maʼlumotlariga koʻra Hamroqulbek Ochilbekdek singari oʻqimishli, jasur, oriyatli boʻlgan Shakuriyning oʻquvchisi boʻlgan. 1918—1925-yillarda qizil armiya bilan boʻlgan janglarda faol ishtirok etgan. Ochilbek vafot etgach, Hamroqulbek Samarqand qoʻrboshilari yetakchisiga aylangan. Validiy Samarqand qoʻrboshilari toʻgʻrisida soʻz yuritib shunday yozgan: "Ruslar bosmachilarning hammalarini eski talovchi, bosqinchi deb hisoblashadi. Lekin Samarqand rahbarlarining koʻpchiligi Vatanga sodiq, fidoyi, dunyo ahvolidan voqif kishilar edilar". Turkiyalik tadqiqotchi Ali Bodomchining qoʻrboshilar xotiralari hamda Adana shahrida saqlanayotgan qoʻrboshilar arxivi maʼlumotlariga tayanib, „Sharqiy Buxoro va Samarqand- Zarafshon qoʻrboshilari“ qismida shunday yozadi: „Mulla Hamroqulbek boshida 100 nafar yigit bilan faoliyatini boshlab, keyinchalik ularning miqdori 1000 nafardan ham oshirgan. Mulla Mustafo, Mulla Togʻay, Xizirbek, Mallaboy Xudoyor, Mulla Dehqon, Muhammad ismli yigitlar Mulla Hamroqulning mintaqa qorboshilar edi. Bular ingichka kasabasi (posyolkasi) va uning atroflarida hokimlik qilganlar. Bundan tashqari Yangiqoʻrgʻonda Hamro qoʻrboshi, Moʻyitanlida, Joʻrabek, Oqtepada Mulla Qorakul, Shoʻrchada Muhamamdqul Eshon kabilar boshqa mintaqa qoʻrboshilari edilar“. 1925-yil aprel oyida Samarqandda boʻlgan janglarda qattiq magʻlubiyatga uchragan. Validiyning soʻzlariga koʻra u Afgʻoniston orqali Turkiyaga joʻnagan[2].