Hamshira — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi[1]. Davolash-profilaktika muassasalarida H. vrach yordamchisi boʻlib, u bilan hamkorlikda ish olib boradi. H. bemorlarni parvarish qilish, haroratni oʻlchash, dori tarqatish, davolash muolajalari (kom-press, gorchichnik qoʻyish va hokazo) va boshqa vazifalarni bajaradi. H.lar turli tibbiyot muassasalari (kasalxona, poliklinika, dispanser, sanatoriy va boshqalar) da, shuningdek, yasli va bolalar bogʻchasida xizmat qiladi. Hamshiralikka tibbiyot kollejlarida oʻqitiladi. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda boshqa tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida alohida fakultet mavjud boʻlib, unda oliy maʼlumotli hamshiralar tayyorlanadi.


Manbalar Tahrirlash

  1. „Hamshira“. www.kasbing.uz. Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.