Hamza Yerlikaya

Turkiyalik yunon-rum kurashchisi

Hamza Yerlikaya (1976-yil 6-iyun; Istanbul, Kadıköy) — turkiyalik sobiq sportchi. Yunon-rum kurashi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan[1]. Ikki karra (1996 va 2000-yillarda) olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni (1993, 1995 va 2005-yillarda) va sakkiz marta Yevropa chempioni boʻlgan birinchi turk sportchi[2]. U Xalqaro kurash federatsiyasi (inglizcha: United World Wrestling) tomonidan tuzilgan barcha davrlarning eng yaxshi kurashchilari roʻyxatida uchinchi oʻrinda qayd etilgan[3].

Hamza Yerlikaya
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Tavallud sanasi 6-iyun 1976-yil (1976-06-06) (48 yosh)
Kadıköy, Istanbul, Turkiya
Boʻyi 1.76 m
Vazni 84 kg
Sport
Mamlakat Turkiya
Qaysi sport Yunon-rum kurashi

Istanbulning Gaziosmanpaşa tumanidagi sport majmuasiga Hamza Yerlikaya nomi berilgan.

Bolaligi

tahrir

Oilasi asli Sivaslik boʻlgan. Hamza tugʻilishidan uch oy oldin Istanbul koʻchib oʻtishgan. Hamzaning otasi Mustafa Yerlikaya ham kurashchi. 11 yoshida otasining qoʻllab-quvvatlashi va katta akasi Muttalip Yerlikayaning (kurashga) qiziqtirishi sababli kurash bilan shugʻullana boshlagan[4]. Muttalip Yerlikaya ham xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishgan kurashchi boʻlgan.

Faoliyati

tahrir

Hamza Yerlikayaning birinchi xalqaro musobaqasi 1991-yilgi Kanada shtatining Kvebek shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlgan. Mazkur musobaqada Hamza toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 1993-yil Istanbulda oʻtkazilgan kurash boʻyicha Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Finalda Thomas Zanderga magʻlub boʻlgan. 1993-yilgi Shvetsiyaning Stokgolm shahrida boʻlib oʻtgan kurash boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritib, koʻpchilikni hayron qoldirgan va jahon championligini qoʻlga kiritgan eng yosh kurashchiga aylangan.

1995-yilda yana jahon chempionatida gʻolib boʻlgan.1996-yilda, 20 yoshida Atlanta shahrida oʻtkazilgan olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan. Yerlikaya yoshining kichikligi tufayli ham mahalliy, ham xalqaro chempionatlarida har bir toifa boʻyicha ishtirok etgan. Koʻplab medallarni (aksariyati oltin) qoʻlga kiritgan. Yerlikaya 1996-yilda burchini bajarish uchun armiyaga borgan. Shu paytgacha hech qaysi harbiy mamlakat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kirita olmaganligi Yerlikayani yana bir rekord sohibiga aylantirgan[3]. 2000-yilda Sidneydagi olimpiadaning ochilish marosimida Turkiya bayroqdori boʻlgan. 2002-yildi olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng, yana uchta jahon chempionatida (2002, 2003 va 2005-yillarda) gʻalaba qozongan. Sakkiz marta (1996, 1997, 1998, 1999, 2001, 2002, 2005 va 2006-yillarda) Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.

2004-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida Yunon-rum kurashining 84 kg vazn toifasida Turkiya sharafini himoya qilgan va 4-oʻrinni egallagan.

Manbalar

tahrir
  1. „International Wrestling Database“. Whatsmat.uww.org. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  2. „Hamza Yerlikaya“. Olympics.com. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
  3. 3,0 3,1 „Hamza Yerlikaya: The invincible“. Daily Sabah (2016-yil 19-mart).
  4. „Hamza Yerlikaya:Ömrüm minderde geçiyor“. Hurriyet.com.tr.