Hanna Ljungberg
Hanna Carolina Ljungberg (1979-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik sobiq futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan. U Umeå IK klubida va Shvetsiya terma jamoasida toʻp surgan. U 1996-yil 6-fevralda 17 yoshida Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan, oʻshanda Shvetsiya Ispaniya terma jamoasini 8:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Hanna Carolina Ljungberg | ||
Tavallud sanasi | 8-yanvar 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Umeå, Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.6 m (5 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1986—1994 | Mariehem SK | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1998 | Sunnanå SK | ||
1998—2009 | Umeå IK | 227 | (196) |
Milliy terma jamoa | |||
1996—2008 | Shvetsiya | 130[1] | (72) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ljungbergni Sveriges Televideniyesining 2013-yildagi Boshqa sport" hujjatli teleserialida koʻrish mumkin.
Karyerasi
tahrirHanna Ljungberg Shvetsiya ayollar ligasi Damallsvenskanning professional futbolchilaridan biri edi. U 2002-yilda Shvetsiyada yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi va olmos toʻpini (Diamantbollen) yutib olgan[2]. Shuningdek, u oʻsha mavsumda 39 ta gol (har bir oʻyinda taxminan 1,78 gol) bilan rekord oʻrnatgan.[3]. Ljungberg Umeå IK safida jami 227 ta oʻyin oʻtkazgan va 196 ta gol urgan.
Ljungberg jahon darajasidagi forvard sifatida 2003-yilda AQShda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida tanildi. Ikkinchi oʻrinni egallagan Shvetsiya terma jamoasida muhim rol oʻynadi va uchta gol urdi hamda yana bir golga assistentlik qildi. U shuningdek, 2003-yilda FIFA tomonidan yilning eng yaxshi uchinchi oʻyinchisi deb topildi. 2014-yilning oktyabrigacha Lotta Shelindan oʻzib ketgan Ljungberg 72 ta gol bilan Shvetsiya terma jamoasining toʻpurarlar roʻyhatida yetakchilikni qoʻliga oldi[4]. 2002-03-yilgi UEFA ayollar kubogida Ljungberg 10 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[5]. Italiyaning Perudja erkaklar futbol klubi Ljungberg bilan bogʻlanib, uni A Seriya jamoasi roʻyxatiga qoʻshib uni ijaraga oldi, ammo kelishuv bekor qilindi[6][7].
Ljungberg 2007-yil 17-may kuni Umeå IK jamoasi uchun Shvetsiya kubogida AIKga qarshi oʻyinda Karola Söbergning 70-daqiqada jarohat olganligi sababli darvozabon sifatida birinchi va soʻngi oʻyinini oʻtkazgan. U oʻyinni golsiz, toza yakunlagan[8]. Ljungbergning Shvetsiyadagi shon-shuhrati Shvetsiya futbol assotsiatsiyasining 100 yilligi munosabati bilan uning va boshqa bir qancha shvetsiyalik futbolchilarning esdalik markalariga sabab boʻldi[9].
2009-yil avgust oyida Ljungberg kuni 5-iyul liga oʻyinida tizzasidan olgan jarohatidan soʻng futboldan ketishini eʼlon qildi. Bundan oldinroq 2004-yilda jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan oʻng old xoch ligamenti yana qisman yirtilgan va u shifokorlari bilan oʻynashni davom ettirish doimiy nogironlikni vujudga keltirish xavfi juda yuqori degan qarorga kelgan.
Ljungberg ikki yil davomida Umeå IK bosh murabbiyi Yoakim Blomkvist va murabbiy yordamchisi Mariya Bergkvistga eski jamoasiga murabbiylik qilishda yordam berdi.Ljungberg bir vaqtning oʻzida Umea universitetida fizioterapevt boʻlish uchun tahsil olgan va 2012-yil iyun oyida uni tamomlagan. Keyin u shaxsiy murabbiy sifatida yangi karerasini boshladi[10].
Jahon kubogi va Olimpiya turnirlarida kiritilgan gollar
tahrirGol | Oʻyin | Sana | Joy | RAqib | Start | Daq | Natija | Hisob | Turnir |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Andoza:FlagiconUSA 1996-yilgi Ayollar oʻrtasida Olimpiya oʻyinlari | |||||||||
1
|
1996-yil 21-iyul | Miami | Xitoy | 71-daqia | 0-2 | Guruh bosqichi | |||
2
|
1996-yil 23-iyul | Orlando | AQSH | 56-daqiqa | 1-2 | Guruh bosqichi | |||
AQSH 1999-yilgi FIFA Jahon chempionati | |||||||||
3
|
1999-yil 19-iyun | San Jose | Xitoy | Oʻyin boshidan | 1-2 | Guruh bosqichi | |||
1 | 4
|
1999-yil 23-iyun | Washington, DC | Avstraliya | Oʻyin boshidan | 21 | 2-0 | 3-1 | rowspan=2 Guruh bosqichi |
2 | 69 | 3-1 | |||||||
5
|
1999-yil 26-iyun | Chicago | Gana | 6-daqiqada almashtirildi | 2-0 | Guruh bosqichi | |||
2000-yilgi Olimoiada oʻyinlari | |||||||||
6
|
2000-yil 13-sentyabr | Melbourne | Brazilya | Oʻyin boshidan | 0-2 | Guruh bosqichi | |||
7
|
2000-yil 16-sentyabr | Sydney | Avstraliya | Oʻyin boshidan | 1-1 | Guruh bosqichi | |||
8
|
2000-yil 19-sentyabr | Melbourne | Germaniya | Oʻyin boshidan | 0-1 | Guruh bosqichi | |||
2003-yilgi jahon chempionati | |||||||||
9
|
2003-yil 21-sentab | Washington, DC | AQSH | 83-daqiqada almashtirildi | 1-3 | Guruh bosqichi | |||
10
|
2003-yil 25-sentyabr | Philadelphia | Shimoliy Koreya | 86-daqiqada almashtirildi | 1-0 | Guruh bosqichi | |||
3 | 11
|
2003-yil 28-sentyabr | Columbus | Nigeriya | Toʻliq | 56 | 1-0 | 3-0 | rowspan=2 Guruh bosqichi |
4 | 79 | 2-0 | |||||||
12
|
2003-yil 1-oktyabr | Foxborough | Brazilya | Toʻliq | 2-1 | Chorak final | |||
13
|
2003-yil 5-oktyabr | Portland | Kanada | Toʻliq | 2-1 | Yarim final | |||
5 | 14
|
2003-yil 12-oktyabr | Carson | Germaniya | Toʻliq | 41 | 1-0 | 1-2 | Final |
2004-yilgi Olimpiya oʻyinlari | |||||||||
15
|
2004-yil 1-avgust | Volos | Yaponiya | 68-daqiqda almshtirildi | 0-1 | Guruh bosqichi | |||
16
|
2004-yil 17-avgust | Volos | Nigeriya | 80-daqiqada almashtirildi | 2-1 | Guruh bosqichi | |||
6 | 17
|
2004-yil 20-avgust | Volos | Avstraliya | 77-daqiqada almashtirildi | 25 | 1-0 | 2-1 | Chorak final |
18
|
2004-yil 23-avgust | Patras | Brazilya | Toʻliq | 0-1 | Yarim final | |||
19
|
2004-yil 26-avgust | Piraeus | Germaniya | Toʻliq | 0-1 | Bronza medali uchun | |||
2007-yilgi jahon chempionati | |||||||||
20
|
2007-yil 11-sentyabr | Chengdu | Nigeriya | 69-daqiqada almashtirildi | 1-1 | Guruh bosqichi | |||
21
|
2007-yil 14-sentyabr | Chengdu | ASH | Toʻliq | 0-2 | Guruh bosqichi | |||
22
|
2007-yil 18-sentyabr | Tianjin | Shimoliy Koreya | 40-daqiqada almashtirildi | 2-1 | Guruh bosqichi |
Faxrlar
tahrirKlub
tahrirUmeå
tahrir- Damalsvenskan :
- Chempion (7): 2000, 2001, 2002, 2005, 2006, 2007, 2008
- Svenska Cupen Damer :
- Chempion (4): 2001, 2002, 2003, 2007
- Ikkinchi oʻrin (2): 2005, 2006
- Superkubok :
- Chempion (2): 2007, 2008
- Ikkinchi oʻrin (1): 2009-yil
- UEFA ayollar kubogi :
- Chempion (1): 2003-yil
- Ikkinchi oʻrin (3): 2002, 2007, 2008
Xalqaro
tahrirShvetsiya
tahrir- FIFA ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati :
- Ikkinchi oʻrin (1): 2003-yil
- Algarve kubogi :
- Chempion (1): 2001-yil
Shaxsiy yutuqlar
tahrir- Olmos toʻpi (1): 2001–02
- Shvetsiya: Yilning eng yaxshi ayol hujumchisi (1):
- 2004–05
- Damalsvenskanning eng yaxshi toʻpurari (1):
- 2001–02 (39 gol)
- FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi :
- Uchinchi oʻrin: 2002–03
Manbalar
tahrir- ↑ Caps and goals
- ↑ „Diamantbollen“ (sv). Swedish Football Association. 2011-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-dekabr 2011-yil.
- ↑ Thorsten Frennstedt. „'Publik & Skytteliga 2002'“. Svenskfotboll.se. 6-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2007-yil.
- ↑ Dutt, Sujay. „Sjögran reaches 200 in Sweden loss to Germany“. Stockholm: UEFA (29-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2014-yil.
- ↑ Sébastien Duret. „'UEFA Club Championship (Women) 2002/03“. rsssf.com. Qaraldi: 7-dekabr 2007-yil.
- ↑ Jo Tuckman. „'It's a man's game'“. London: Guardian.co.uk (5-yanvar 2005-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2007-yil.
- ↑ Dave Thrilling. „'Ljungberg off to Serie A'“. Squarefootball.net. 2007-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust 2007-yil.
- ↑ Stefan Persson. „'Målsprutan blev målvakt – höll nollan'“. Aftonbladet.se. Qaraldi: 20-fevral 2007-yil.
- ↑ Lukas Muller. „'Liedholm, Ljungberg and Ravelli featured on stamps celebrating 100 years of Swedish football'“. BvDP.de. 2007-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-sentabr 2007-yil.
- ↑ Andersson. „Hanna inledde en ny karriär“. Idrottens Affärer (28-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 12-iyun 2013-yil.